R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Debitorlik qarzlari tarkibi, tuzilishi va aylanuvchanligining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

8.3. Debitorlik qarzlari tarkibi, tuzilishi va aylanuvchanligining tahlili 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida mahsulot (ish, xizmat)larni sotish 
bilan uning haqini to‘lash o‘rtasida ma’lum bir vaqt o‘tishi natijasida debitorlik va 
kreditorlik qarzlari vujudga keladi. Moliyaviy tahlilda debitorlik qarzlari tarkibi, 
tuzilishi, tashkil topish muddatlari va aylanuvchanligiga baho berish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Debitorlik qarzlarining tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishini tahlil qilib 
o‘rganish uchun, avvalo debitorlik qarzlari tarkibiga kiruvchi har bir qarz turi 
hajmi va hissasi aniqlanadi. Debitorlik qarzlarining hissasi shu qarz summasini 100 


194 
ga ko‘paytirib, jami qarz summasiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Shundan so‘ng 
taqqoslash usuli yordamida tahlil amalga oshiriladi. Ya’ni, hisobot yilidagi qarzlar 
hajmini o‘tgan yildagi qarzlar hajmiga taqqoslagan holda o‘zgarishi aniqlanadi. 
Mazkur o‘zgarishlar mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. 
Debitorlik qarzlari bo‘yicha mutloq o‘zgarish hisobot yilidagi qarz 
summasidan o‘tgan yildagi qarz summasini chegirish orqali aniqlanadi. Nisbiy 
o‘zgarishni aniqlash uchun esa mutloq o‘zgarish summasini 100 ga ko‘paytirib, 
natijani o‘tgan yildagi qarz summasiga bo‘lish lozim. 
Mazkur qoidalarga asoslangan holda “Sharq” fermer xo‘jaligining debitorlik 
qarzlari tarkibi va tuzilishini tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga 
ega bo‘lindi (8.3-jadval). 
8.3-jadval 
Debitorlik qarzlari tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishining tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan yil 
Hisobot yili 
O‘zgarishi (+;-) 
Summasi, 
ming 
so‘m 
Salmo-
g‘i, % 
Summasi, 
ming so‘m 
Salmo-
g‘i, % 
Summasi, 
ming 
so‘m 
Salmo
-g‘i, % 

Xaridorlar 
va 
buyurtmachilarning 
qarzlari

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin