R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  Debitorlik qarzlari aylanuvchanligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

8.5-jadval 
Debitorlik qarzlari aylanuvchanligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni 
aniqlash tartibi 
Ko‘rsatkichlar 
Aniqlash tartibi 
Izoh 
Debitorlik qarzlarining 
aylanish koeffitsiyenti 
(Ka) 
Ka = CCT / DQ 
SST – mahsulot (ish, xizmat) 
sotishdan olingan sof tushum; 
DQ – debitorlik qarzlari
Bu ko‘rsatkich debitorlik qarzlarini 
likvidligini ifodalaydi 
Debitorlik qarzlarining 
aylanish davri (Ad) 
Ad = DQ x 360 / SST 
Bu ko‘rsatkich debitorlik qarzlarini 
necha 
kundan 
keyin 
aylanma 
mablag‘ 
tarkibiga 
o‘tishini 
ifodalaydi 
Ushbu ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligining debitorlik qarzlarini 
aylanuvchanligiga baho berish uchun tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi 
ma’lumotga ega bo‘lindi (8.6-jadval). 
8.6-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida 
debitorlik qarzlarining summasi hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 829 ming 
so‘mga kamaygan. Bunday o‘zgarishni fermer xo‘jaligi uchun biroz ijobiy holat 
sifatida baholash mumkin. Shuningdek, fermer xo‘jaligida hisobot yilida o‘tgan 
yilga nisbatan mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasi 29942 ming 
so‘mga o‘sganligini kuzatish mumkin. Mazkur o‘zgarishlar natijasida debitorlik 
qarzlarining undirish davri o‘tgan yilga nisbatan 1 kunga qisqargan. 


197 
8.6-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligida debitorlik qarzlari aylanuvchanligining tahlili 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan 
yili 
Hisobot yili 
O‘zgarishi 
(+,-) 
1. Jami debitorlik qarzlari, ming so‘m 
25514 
24685 
-829 
2. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof 
tushum, ming so‘m 
653350 
683292 
+29942 
3. Muddati o‘tgan debitorlik qarzlari, ming so‘m 



4. Debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti 
(2/1) 
25,607 
27,680 
+2,073 
5. Debitorlik qarzlarining aylanish davri, kun 
hisobida (1*360/2) 
14 
13 
-1 
6. Muddati o‘tgan debitorlik qarzlari ulushi, % 
(4/1*100)



Fermer xo‘jaligida debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti o‘tgan yili 
25,607 koeffitsiyentni tashkil qilgan bo‘lsa, bu koeffitsiyent hisobot yilida 27,680 
koeffitsiyentga ya’ni, 2,073 koeffitsiyentga ko‘tarilganligini ko‘rish mumkin. 
Bunday natijalarni fermer xo‘jaligi uchun nisbatan ijobiy holat deb baholash 
mumkin. 
Yuqorida fermer xo‘jaligi debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti va 
aylanish davrlarini aniqlab, ularning o‘zgarishini taqqoslash usuli orqali o‘rgangan 
holda umumiy baho berildi. Endi, debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti va 
aylanish davrlarining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahliliga to‘xtalib 
o‘tamiz. Chunki, mazkur ko‘rsatkichlar qaysi omillar hisobiga o‘zgarganligi va 
ularning ta’sir darajalari qanday bo‘lganligini o‘rganish moliyaviy tahlilning asosiy 
vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillar tahlil qilib o‘rganiladi. Masalan, debitorlik qarzlarining aylanish 
koeffitsiyentining o‘zgarishiga yuqoridagi 8.5-jadvalda keltirilgan aniqlash 
tartibiga ko‘ra ikki omil ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni: 
-
 
mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum summasining 
o‘zgarishi; 
-
 
debitorlik qarzlari summasining o‘zgarishi. 
Ushbu omillarning debitorlik qarzlari aylanish koeffitsiyentiga ta’sirini 
“Qayta hisoblash” usuli orqali tahlil qilib o‘rganish mumkin. Buning uchun shartli 


198 
aylanish koeffitsiyentini aniqlab olish lozim. Uni aniqlash uchun hisobot yilidagi 
mahsulot (ish, xizmat) sotishdan olingan sof tushumni (SST) o‘tgan yildagi 
debitorlik qarzlariga (DQ) bo‘lish kerak: 
Ka
sh
= SST
1
/ DQ
0
= 683292 / 25514 = 26,781 ming so‘m. 
Xuddi shunday tartibda debitorlik qarzlarining ham shartli aylanish davri 
aniqlab olinadi. 
Mazkur bog‘lanish ko‘rsatkichlari aniqlangandan so‘ng, ularning o‘zgarishi 
va omillar ta’siri quyidagicha aniqlanadi (8.7-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin