R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Kreditorlik qarzlari tarkibi, tuzilishi va aylanuvchanligining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

8.4. Kreditorlik qarzlari tarkibi, tuzilishi va aylanuvchanligining tahlili 
Kreditorlik qarzlari xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lashi lozim bo‘lgan 
qarzlarini xarakterlaydi. Moliyaviy holatning yomonlashishi ko‘p jihatdan ushbu 
qarzlarning katta miqdorda to‘planib qolishiga bog‘liq bo‘ladi. Kreditorlik 
qarzlarining to‘planishi o‘zaro hisob-kitob ishlari to‘g‘ri yo‘lga quyilmaganligi va 
moliyaviy intizomga qat’iy rioya qilinmasligi oqibatida paydo bo‘ladi. Natijada 
mavjud qarzdorlikdan tashqari, xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan qo‘shimcha 
penya va moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin. Bu esa, uning moliyaviy 
holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, kreditorlik qarzlari tarkibi, tuzilishi, 
tashkil topish muddatlari va aylanuvchanligi tahlil qilib o‘rganiladi. 
Biz yuqorida kreditorlik qarzlarining tarkibiga nimalar kirish, qanday 
yuzaga kelishi va ularning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdik. Endi, 
birinchi navbatda ularning tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishini tahlil qilib 
o‘rgangan holda baho beramiz. 
Kreditorlik qarzlarining tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishini tahlil qilib 
o‘rganish uchun avvalo debitorlik qarzlari kabi uning tarkibiga kiruvchi har bir 
qarz turi hajmi va hissasi aniqlanadi. Kreditorlik qarzlarining hissasi aniqlash 
uchun har bir qarz summasini 100 ga ko‘paytirib, jami qarz summasiga bo‘lish 
kerak. Shundan keyin taqqoslash usuli orqali tahlil amalga oshiriladi. Ya’ni, 
hisobot yilidagi qarzlar hajmini o‘tgan yildagi qarzlar hajmiga taqqoslagan holda 


200 
o‘zgarishi aniqlanadi. Mazkur o‘zgarishlar ham mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlar 
orqali ifodalanadi. 
Mutlaq o‘zgarishni aniqlash uchun kreditorlik qarzlarining hisobot yilidagi 
summasidan o‘tgan yildagi summasini chegirish kerak. Nisbiy o‘zgarishni aniqlash 
uchun esa mutloq o‘zgarish summasini 100 ga ko‘paytirib, natijani o‘tgan yildagi 
qarz summasiga bo‘lish lozim. 
Yuqoridagi qoidalarga asoslangan holda “Sharq” fermer xo‘jaligining 
kreditorlik qarzlari tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishini tahlil qilib 
o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (8.8-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin