11.3-jadval
“Sharq” fermer xo‘jaligida bug‘doy sotishdan olingan yalpi foyda tahlili
uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar
№
Ko‘rsatkichlar
O‘tgan
yil
Hisobot
yili
O‘zgarishi
(+;-)
1
Sotilgan bug‘doy miqdori, s
8600
7700
-900
2
1 s bug‘doy sotish bahosi, so‘m
20600
23700
+3100
3
1 s bug‘doy tannarxi, so‘m
16480
17775
+1295
4
1 s bug‘doyni sotishdan olingan
foyda, so‘m
4120
5925
+1805
5
Yalpi foyda, ming so‘m
35432
45622,5
+10190,5
11.3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida
bug‘doy sotishdan olingan yalpi foyda o‘tgan yili 35432 ming so‘mni tashkil etgan
bo‘lsa, bu ko‘rsatkich hisobot yilida 45622,5 ming so‘m bo‘lgan. Demak, fermer
xo‘jaligida bug‘doy sotishdan olingan yalpi foyda o‘tgan yilga nisbatan 10190,5
ming so‘mga yoki 29 foizga oshgan.
Bunday natijani fermer xo‘jaligi uchun ijobiy holat sifatida baholagan holda,
uning o‘zgarishiga yuqorida keltirilgan omillar ta’sirini “Ko‘rsatkichlar farqi” usuli
orqali tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi natijalarga ega bo‘lindi. Ya’ni,
“Ko‘rsatkichlar farqi” usulini qo‘llash orqali birinchi omil, yalpi foyning
o‘zgarishiga sotilgan bug‘doy miqdori o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun
hisobot yilidagi sotilgan bug‘doy miqdoridan o‘tgan yildagi miqdori o‘rtasidagi
farqni, o‘tgan yildagi 1 s bug‘doy sotishdan olingan foyda summasiga ko‘paytirish
lozim. Uni quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin:
±∆
M
=(M
1
–M
0
)×(B
0
–T
0
)=(7700–8600)×(20600–16480)=-900×4120=-3708 ming so‘m.
Hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, fermer xo‘jaligida hisobot yilida o‘tgan yilga
nisbatan sotilgan bug‘doy miqdorining 900 s pasayishi, bug‘doy sotishdan olingan
yalpi foyda summasini 3708 ming so‘mga kamayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan.
Bunday natija fermer xo‘jaligi uchun ijobiy holat hisoblanmaydi. Shu sababli,
245
fermer xo‘jaligi rahbariyati o‘tgan yilga nisbatan sotilgan bug‘doy miqdorining
kamayish sabablarini o‘rgangan holda ularni bataraf etish, yetishtirilgan
mahsulotning tovarlilik darajasini oshirish va sotish hajmini ko‘paytirish
choralarini ko‘rishi lozim.
Yalpi foydaning o‘zgarishiga ikkinchi omilning, ya’ni 1 s bug‘doyning
o‘rtacha sotish bahosi o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi va
o‘tgan yildagi o‘rtacha sotish baholari o‘rtasidagi farqni, hisobot yilida sotilgan
bug‘doyning haqiqiy miqdoriga ko‘paytirish kerak. Mazkur hisob-kitobni
quyidagicha ifodalash mumkin:
±∆
B
=(B
1
–B
0
)×M
1
=(23700–20600)×7700=+3100×7700=+23870 ming so‘m.
Demak, fermer xo‘jaligida hisobot yilida 1 s bug‘doyning o‘rtacha sotish
bahosining hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 3100 so‘mga oshishi, yalpi foyda
summasini 23870 ming so‘mga ko‘paytirgan. Bundan ko‘rinadiki, bug‘doyning
o‘rtacha sotish bahosining oshishi yalpi foyda summasining o‘zgarishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatgan.
Uchinchi omil, ya’ni yalpi foydaning o‘zgarishiga 1 s bug‘doy tannarxi
o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot va o‘tgan yillardagi 1 s bug‘doy
tannarxlari orasidagi farqni hisobot yilida sotilgan bug‘doyning haqiqiy miqdoriga
ko‘paytirish zarur. Ushbu hisob-kitobni quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:
±∆
T
=(T
1
–T
0
)×M
1
= (17775 – 16480)×7700 = +1295 × 7700 = -9971,5 ming so‘m.
Yuqoridagi hisob-kitobga ko‘ra, fermer xo‘jaligida 1 s bug‘doy tannarxining
hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 1295 so‘mga qimmatlashishi, yalpi foyda
summasini 9971,5 ming so‘mga kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan. Demak, 1 s
bug‘doy tannarxining o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida oshishi, yalpi foyda
summasining o‘zgarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Shunday qilib, yuqoridagi hisob-kitoblardan ko‘rinadiki “Sharq” fermer
xo‘jaligi rahbariyati yalpi foyda summasini ko‘paytirish uchun mahsulot ishlab
chiqarish tannarxini kamaytirish, mavjud yer resurslaridan unumli foydalangan
holda mahsulot yetishtirishning fizik miqdorini oshirish va yuqori daromad
246
keltiruvchi mahsulot turlarini yetishtirish bo‘yicha ichki imkoniyatlaridan kelib
chiqqan holda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim deb o‘ylaymiz.
Dostları ilə paylaş: |