R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natija va uning



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
11.3. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natija va uning 
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili 
Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natija bu yalpi 
foyda ko‘rsatkichi bo‘lib, u bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning moliyaviy natijalari tarkibida asosiy o‘rinni egallaydi. Shu sababli, 
moliyaviy natijalar tahlilida asosiy e’tibor mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan 
olingan yalpi foyda ko‘rsatkichi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 
tahliliga qaratiladi. 
Yalpi foyda ko‘rsatkichi mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof 
tushum summasidan sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish 
tannarxini ayirish orqali aniqlanadi. Uni quyidagi matematik formula ko‘rinishida 
ifodalash mumkin: 
YaF = SST – IT, (11.1) 
Yuqoridagi formuladan ko‘rinib turibdiki, mahsulot sotishdan olingan yalpi 
foydaning o‘zgarishiga bevosita quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 


241 
-
mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumning o‘zgarishi; 
-
sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining o‘zgarishi. 
Mazkur omillar ta’sirini “Qayta hisoblash” usulidan foydalangan holda 
aniqlash mumkin. Bunda har bir omilning ta’sirini hisoblash uchun qayta 
hisoblangan natija ko‘rsatkichini aniqlab olish lozim. Bu ko‘rsatkich birinchi 
omilning haqiqiy (hisobot yili) miqdoridan (SST
1
) ikkinchi omilning reja (o‘tgan 
yil)dagi miqdorini (IT
0
) ayirish orqali aniqlanadi. Ya’ni: 
YaF
qh
= SST
1
- IT

Shundan so‘ng, yalpi foydaning o‘zgarishiga yuqoridagi ikki omilning 
ta’sirini topish uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish lozim: 
-
yalpi foydaning mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasining 
o‘zgarishi hisobiga o‘zgarganligini (∆YaF
sst
) aniqlash uchun yalpi foydaning qayta 
hisoblangan summasidan (YaF
qh
) uning reja (o‘tgan yil) dagi hajmini (YaF
0

ayirish lozim: 
±∆YaF
sst
= YaF
qh
- YaF
0
= (SST
1
- IT
0
) - (SST
0
- IT
0

-
yalpi foydaning o‘zgarishiga sotilgan mahsulot tannarxi o‘zgarishining 
ta’sirini (∆YaF
it
) aniqlash uchun yalpi foydaning haqiqiy (hisobot yil) summasidan 
(YaF
1
) uning qayta hisoblangan summasini (YaF
qh
) ayirish lozim: 
±∆YaF
it
= YaF
1
- YaF
qh
= (SST
1
- IT
1
) - (SST
1
- IT
0

Shuni ta’kidlash lozimki, yuqoridagi ikki omilning ta’siri natijaning umumiy 
farqiga teng bo‘lishi kerak: 
±∆YaF = (±∆YaF
sst
) + (±∆YaF
it

Mazkur hisob-kitoblarning amaliy isbotini “Sharq” fermer xo‘jaligi 
ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega 
bo‘lindi (11.2-jadval). 
11.2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligining 
mahsulot sotishdan olgan yalpi foydasi o‘tgan yili 106442 ming so‘mni tashkil 
etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich hisobot yilida 99644 ming so‘mga teng bo‘lgan. 
Demak, fermer xo‘jaligi yalpi foydasi o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida 6798 


242 
ming so‘mga yoki 6,4 foizga kamaygan. Bunday natijani fermer xo‘jaligi uchun 
ijobiy holat sifatida baholab bo‘lmaydi.

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin