R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

11.7-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligida rentabellik ko‘rsatkichlari tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan 
yil 
Hisobot 
yili 
O‘zgarishi 
(+;-) 
1 Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof 
tushum, ming so‘m 
653350 
683292 
+29942 
2 Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab 
chiqarish tannarxi, ming so‘m 
546908 
583648 
+36740 
3 Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi 
foyda, ming so‘m 
106442 
99644 
-6798 
4 Sof foyda, ming so‘m 
38746 
41324 
+2578 
5 Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati 
(qoldiq qiymatda), ming so‘m 
48485 
55732 
+7247 
6 Joriy aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati, ming 
so‘m 
76433 
105646 
+29213 
7 Xususiy kapital, ming so‘m 
57466 
98790 
+41324 
8 Qarz mablag‘lari, ming so‘m 
67452 
62588 
-4864 
9 Jami mol-mulk qiymati, ming so‘m
124918 
161378 
+36460 
10 Sotilgan mahsulot tannarxi rentabelligi, % 
19,5 
17,1 
-2,4 
11 Sotish rentabelligi, % 
16,3 
14,6 
-1,7 
12 Asosiy vositalar rentabelligi, % 
80,0 
74,0 
-6 
13 Joriy aktivlar rentabelligi, % 
51,0 
39,0 
-12 
14 Xususiy kapital rentabelligi, % 
67,4 
42,0 
-25,4 
15 Qarz mablag‘lari rentabelligi, % 
57,4 
66,0 
+8,6 
16 Mol-mulk rentabelligi, % 
31,0 
27,0 
-4 
11.7-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida o‘tgan 
yilga nisbatan hisobot yilida deyarli barcha rentabellik ko‘rsatkichlarida pasayish 
kuzatiladi. Bunday holat fermer xo‘jaligi moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligi 
pasayganligi va uning moliyaviy holati yomonlashayotganligidan dalolat beradi. 
11.7-jadval ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, o‘tgan yilga nisbatan 
hisobot yilida mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum 29942 ming 
so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, bunga mos ravishda sotilgan mahsulotlarning ishlab 
chiqarish tannarxi va boshqa turdagi aktivlar ham ko‘paygan. Faqat hisobot yilida 
o‘tgan yilga nisbatan mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda summasi 6798 ming 
so‘mga va qarz mablag‘lari summasi 4864 ming so‘mga kamayganligini 
ko‘rishimiz mumkin. Fermer xo‘jaligining sof foydasi esa o‘tgan yilga nisbatan 
hisobot yilida 2578 ming so‘mga ortgan xolos. 
Natijada aksariyat rentabellik ko‘rsatkichlarida o‘tgan yilga nisbatan hisobot 
yilida pasayish tendensiyasi kuzatiladi. Bunday o‘zgarishga mahsulot (ish, 


255 
xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum o‘zgarishiga qaraganda sotilgan 
mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxi o‘zgarishining o‘sishi yuqorili hamda sof 
foyda summasining oshishiga qaraganda boshqa aktivlar va manbalarning o‘sishi 
ortganligi sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Shu sababli, “Sharq” fermer xo‘jaligi 
rahbariyati rentabellik ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida mahsulot sotishdan 
olingan sof tushum hajmini oshirish va ishlab chiqarish tannarxi darajasini 
pasaytirish choralarini ko‘rishi zarur. Aks holda fermer xo‘jaligining moliyaviy 
holati bundanda yomonlashishi mumkin. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin