R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

11.5-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligida sof foyda shakllanishi hisob-kitobi 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan
yil 
Hisobot
yili 
O‘zgarishi 
(+;-) 

Soliq to‘langunga qadar foyda, 
ming so‘m 
56886 
60888 
+4002 

Foyda solig‘i, ming so‘m 




Boshqa soliq va to‘lovlar, ming 
so‘m 
18140 
19564 
+1424 

Sof foyda, ming so‘m 
38746 
41324 
+2578 
“Sharq” fermer xo‘jaligining sof foyda summasi to‘g‘ri shakllantirilgan 
bo‘lib, u o‘tgan yili 38746 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, hisobot yilida 41324 
ming so‘m bo‘lgan. Demak, fermer xo‘jaligining sof foydasi o‘tgan yilga nisbatan 
2578 ming so‘mga yoki 7 foizga oshgan. Bunday natijani ijobiy holat sifatida 
baholash mumkin. Agarda boshqa soliq va to‘lovlar summalarining o‘tgan yilga 
nisbatan hisobot yilida 1424 ming so‘mga ko‘paymaganda edi, fermer 
xo‘jaligining sof foyda summasi yana 1424 ming so‘mga yoki 4 foizga oshgan 
bo‘lardi. Shu sababli, “Sharq” fermer xo‘jaligi rahbariyati boshqa soliq va to‘lovlar 
summalarining ko‘payish sabablarini o‘rgangan holda ularni kamaytirish 
choralarini ishlab chiqishi zarur. 
Tahlilning so‘nggi bosqichida moliyaviy natijalarga umumiy baho berish 
bilan birga, uning shakllanish ketma-ketligiga asoslanib o‘zgarishiga ta’sir etuvchi 
omillarni bir tizimga keltirib tahlil qilib o‘rganish mumkin (11.6-jadval). 
11.6-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida hisobot 
davrida sof foyda hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2578 ming so‘mga ko‘paygan. Uning 


251 
bunday o‘zgarishiga har bitta ko‘rsatkichning ta’sirini farq qatoriga qarab baholash 
mumkin. Masalan, mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum summasining 
o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida 29942 ming so‘mga ko‘payishi, sof foyda 
summasini shuncha so‘mga oshishiga olib kelgan. Biroq, sotilgan mahsulotlar 
tannarxining 36740 ming so‘mga ko‘payishi, sof foyda summasini shuncha so‘mga 
kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida 
davr xarajatlari summasining 6170 ming so‘mga kamayishi va asosiy faoliyatning 
boshqa daromadlari summasining 4630 ming so‘mga ko‘payishi, sof foyda 
summasini 10800 ming so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, foydadan 
to‘langan boshqa soliqlar va yig‘imlar summasining 1424 ming so‘mga ko‘payishi, 
uning shuncha summaga kamayishiga olib kelgan. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin