R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Moliyaviy natija ko‘rsatkichlari va ularning shakllanishi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
11.2. Moliyaviy natija ko‘rsatkichlari va ularning shakllanishi 
Ma’lumki, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining
1999 yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, 


236 
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy 
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” va O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya Vazirligining 2002-yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug‘iga asosan 
tasdiqlangan “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” shakliga muvofiq xo‘jalik 
yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi 
ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi: 
-
mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof 
tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq 
sifatida aniqlanadi: 
YaF = SST - IT, 
bunda, 
YaF - yalpi foyda; 
SST - sotishdan olingan sof tushum; 
IT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi. 
-
asosiy faoliyatdan olingan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi 
foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi farq va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan 
boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: 
AFF = YaF – DX + BD - BZ, 
bunda, 
AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda; 
DX-davr xarajatlari; 
BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; 
BZ-asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar. 
-
umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy 
faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan 
daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: 
UFF = AFF + MD - MX, 
bunda, 
UF - umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; 
MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; 
MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari. 
-
soliq to‘langunga qadar olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan 
olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda 
va minus zarar sifatida aniqlanadi: 


237 
STF = UF + FF - FZ, 
bunda, 
STF - soliq to‘langunga qadar olingan foyda; 
FF - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; 
FZ - favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar. 
-
sof foyda, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt 
ixtiyorida qoladi, o‘zida foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar 
to‘langungacha olingan foydani ifodalaydi: 
SF = STF – FS - BS, 
bunda, 
SF - sof foyda; 
FS - foydadan to‘lanadigan soliq; 
BS - boshqa soliqlar va to‘lovlar. 
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, yuqoridagi “... xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi 
Nizom” bilan “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” shaklini qiyosiy tahlil 
qilish natijasida quyidagilarga ega bo‘lindi. Ya’ni, Nizomga ko‘ra xo‘jalik 
yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar to‘rt 
guruhga bo‘linadi (11.1-rasm).

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin