R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

investisiya loyihasi
— iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun 
investisiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq 
bo‘lgan tadbirlar majmui; 
reinvestisiyalar 
— investisiyalardan olingan, tadbirkorlik faoliyati va 
boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu 
jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, lisenziya va vositachilik haqlari, 
texnik yordam, texnik xizmatlar uchun to‘lovlar va haqlarning boshqa turlari; 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investisiyalari
— chet ellik investorning 
hukumat kafolatlarisiz, tavakkalchilik sharoitlarida o‘z mablag‘lari yoki qarz 


265 
mablag‘lari hisobidan investisiyalari; 
investisiya shartnomasi
— investisiya faoliyati subyektlari o‘rtasida 
tuziladigan, investisiya shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va 
javobgarligini belgilaydigan yozma bitim; 
investisiya faoliyatining ishtirokchisi
— investisiyalarning amalga 
oshirilishini buyurtmalarni bajaruvchi sifatida yoki investorning topshirig‘i asosida 
ta’minlaydigan investisiya faoliyati subyekti; 
investor
— foyda olish maqsadida investisiya faoliyati obyektlariga 
o‘zining mablag‘larini va (yoki) qarz mablag‘larini yoxud jalb qilingan boshqa 
investisiya resurslarini investisiya qilishni amalga oshiruvchi investisiya faoliyati 
subyekti; 
mahalliy investorlar
— investisiya faoliyatini amalga oshiruvchi 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti 
maqomiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shu 
jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 
yuridik shaxslari; 
chet ellik investorlar
— chet davlatlar, chet davlatlarning ma’muriy yoki 
hududiy organlari, davlatlar o‘rtasidagi bitimlarga yoki boshqa shartnomalarga 
muvofiq tuzilgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyekti bo‘lgan xalqaro 
tashkilotlar, chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan va 
faoliyat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar, har qanday boshqa shirkatlar, tashkilotlar 
yoki uyushmalar, chet davlat fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida 
doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. 
Investisiyalarni bir qancha xususiyatlariga ko‘ra tasniflash mumkin. 
Masalan: 
1. Investisiyalash davriga qarab qisqa muddatli va uzoq muddatli 
investisiyalarga bo‘linadi. Qisqa muddatli investisiyalar bir yilgacha bo‘lgan 
omonat sertifikatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlardir. Uzoq muddatli 
investisiyalar bu bir yildan ortiq muddatlarga qo‘yilgan kapital bo‘lib, 2-yilga, 2-3 


266 
yil va 5 yildan ortiq muddatlarga ham qo‘yilishi mumkin. 
2. Investisiyalarni shakli bo‘yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
moliyaviy investisiyalar; moddiy investisiyalar; intelektual investisiyalar. 
Moliyaviy investisiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul 
birliklari, banklardagi omonatlar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlar hamda 
ularga tenglashtirilgan boyliklar kiradi. 
Moddiy investisiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-
uskunalar, inshootlar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv 
va passiv qismlari kiradi. 
Intelektual investisiyalar tarkibi rang-barang bo‘lib, ularni umumlashtirgan 
holda aytish mumkinki, ular mulkiy huquqlar shaklidagi investisiyalar va tabiiy 
resurslardan foydalanish shaklidagi investisiyalardan iborat. 
3. Investisiya faoliyatida qatnashish tasnifiga ko‘ra: 
-
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar. Bular asosan obyekt aniq ma’lum 
maqsadni amalga oshirish real bo‘lgan taqdirda yo‘naltirilgan mablag‘dir.
-
boshqa investisiyalar. Bular vositachilar orqali obyektlarga sarflanadi va 
olingan daromad mijozlar o‘rtasida taqsimlanadi. 
4. Investisiyalarni kiritish shakliga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin: 
-
mahalliy investisiyalar. Bu mahalliy investor tomonidan ijtimoiy soha, 
tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan moddiy va 
nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual 
mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestisiyalar; 
-
chet el investisiyalari. Bu chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha, 
tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan moddiy va 
nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual 
mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestisiyalar. 
Shu bilan birga, investisiyalarni subyektlari, obyektlari, investisiya 
qo‘yiladigan sohalar, makro va mikro iqtisodiyotda tutgan o‘rni hamda boshqa 
xususiyatlari bo‘yicha tasniflash mumkin. 


267 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investisiyalarning makro va 
mikro iqtisodiyotda tutgan o‘rnidan kelib chiqib, ko‘rsatkichlarni shakllantirgan 
holda o‘rganishni taqozo qiladi. Jumladan, makro ko‘lamda investisiyalar tahlilini 
mulkchilik shakllariga, hududiy belgisiga ko‘ra olib borilishi maqsadga muvofiq 
bo‘lsa, mikro ko‘lamda moliyaviy hisobot shakllari va ulardagi ko‘rsatkichlar 
asosida o‘rganilishi talab etiladi. Shu sababli, biz mikro ko‘lamda, ya’ni 
korxonaning moliyaviy hisobot shakllari va ulardagi ko‘rsatkichlar asosida uning 
investision faoliyatiga baho berish va samaradorligini oshirish imkoniyatlarini 
o‘rganishga tuxtalib o‘tmoqchimiz. 
Shuni ta’kidlab o‘tish joiz-ki, korxona investision faoliyati tahlil qilib 
o‘rganilar ekan, dastlab investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini 
baholash metodlarini o‘rganish lozim. Shu bois, keyingi paragrafda investisiya 
loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash metodlari, mazmuni va turlarini 
bayon qilamiz. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin