R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
 
 
 
 


22 
I BO‘LIM. MOLIYAVIY TAHLILNING NAZARIY ASOSLARI 
 
I BOB. MOLIYAVIY TAHLILNING MAZMUNI, PREDMETI VA 
VAZIFALARI 
1.1. Tahlil fanining vujudga kelishi va rivojlanishi 
Tahlil fanini vujudga kelishi va fan sifatida shakllanishida o‘ziga xos 
evolyusion yo‘lni bosib o‘tgan. Uning vujudga kelishi, shakllanishi va mustaqil fan 
sifatida rivojlanishi iqtisodchi olimlarning jumladan, M.Q.Pardaev
2
, A.V.Vahobov, 
A.T.Ibrohimov, N.F.Ishonqulov
3
, T.Qudratov, N.Fayzieva
4
, M.Q.Pardaev., 
J.I.Isroilov va B.I.Isroilovlarning
5
tahlilga oid ilmiy va o‘quv-uslubiy asarlarida 
atroflicha yoritilgan. 
Bu fanni paydo bo‘lishi, shakllanishi va takomillashishiga olib keluvchi 
omillar jamiyatda yuzaga kelgan obyektiv shart-sharoitlar hisoblanadi. Xususan, 
XVI – XVII asrlarda ishlab chiqarishning takomillashib borishi, erkin raqobatning 
vujudga kelishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy ahvolini baholash va 
yaxshilash borasida oqilono boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida moliya-
xo‘jalik faoliyatini tahlil qilib o‘rganish zarurati o‘z navbatida tahlil 
elementlarining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. 
Tahlilning elementlari birinchi marta 1880-yillarda «Счётоводство» 
jurnalida chop etilgan maqolalarda paydo bo‘la boshlagan. Ushbu maqolalar 
asosan buxgalteriya balansining tahliliga bag‘ishlangan. Chunki, o‘sha davrlarda 
xo‘jalik faoliyatining natijalari asosan buxgalteriya balansida aks ettirilgan. 
Buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida xo‘jalik yurituvchi subyekt mablag‘lari 
va ular manbaining ma’lum davrdagi o‘zgarishi aniqlangan. Biroq, mazkur 
o‘zgarishlarning paydo bo‘lishiga qanday obyektiv va subyektiv omillar ta’sir 
ko‘rsatayotgani va ularning natijalari mulk egalari uchun muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan ko‘rsatkichlar sifatida qarala boshlangan. Bu esa, buxgalteriya balansidagi 
2
Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Samarqand; «Zarafshon» 2001. -28 b. 
3
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F Moliyaviy va boshqaruv tahlili. T.: «Sharq» 2005. - 20 b. 
4
Qudratov T., Fayzieva N. Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati. –T.: «Voris-nashriyoti», 2012. -7 b. 
5
Pardaev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil: O‘quv qo‘llanma. –T, 2017. -12 b. 


23 
ko‘rsatkichlarni batafsil tahlil qilib o‘rganish zaruratini paydo qilgan. Shu tariqa
tahlilning ba’zi elementlari mavjud bo‘lgan fan – «Balansshunoslik» fani vujudga 
kelgan. 
Fan o‘zining rivojlanish yo‘li davomida «Balansshunoslik», «Balans 
talqini», «Balansni tahlil qilish», «Hisobot tahlili», «Iqtisodiy tahlil», «Sosial-
iqtisodiy tahlil», «Xo‘jalik faoliyati tahlili», «Moliyaviy va boshqaruv tahlili», 
«Iqtisodiy tahlil» va «Moliyaviy tahlil» nomlari bilan atalib kelingan. 
Tahlil fani 1940-yillarga kelib, «Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» fani 
sifatida to‘liq shakllangan va oliy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘qitila 
boshlagan. Shu davrda iqtisodchi olimlar tomonidan ushbu fanga doir darslik va 
o‘quv qo‘llanmalar tayyorlandi va chop ettirildi. Jumladan, S.K.Tatur «Анализ 
хозяйственной деятельности промышленных предприятий», N.R.Veysman 
«Анализ хозяйственной деятельности промышленных предприятий», 
M.S.Rubinov «Основы учёта и анализа хозяйственной деятельности 
промышленного предприятия» va boshqa darsliklar chop ettirildi. 
XX asrning 50 – 60-yillaridan boshlab, tahlil fanini iqtisodiyot tarmoqlariga 
mos holda bir qancha turlari vujudga keldi. Bularga sanoat korxonalari 
faoliyatining tahlili, qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatining tahlili, savdo 
korxonalari faoliyatining tahlili kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
O‘tgan asrning 70-80-yillarida iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish 
bo‘yicha ijobiy ishlar olib borildi va tahlil nazariyasi fan sifatida shakllandi. Ushbu 
fanning nazariy asoslari birinchi bo‘lib Rossiyalik iqtisodchi olimlar M.I.Bakanov 
va A.D.Sheremetlar tomonidan bir tizimga keltirilgan holda 1987-yilda «Теория 
экономического анализа» nomli darslik sifatida chop ettirildi. Shundan so‘ng bu 
fanga doir nazariy masalalar Ukrainalik, Belorussiyalik va O‘zbekistonlik olimlar 
tomonidan ham o‘rganildi. Hozirgi kunga qadar oliy o‘quv yurtlarida «Iqtisodiy 
tahlil nazariyasi» mustaqil fan sifatida o‘qitilib kelinmoqda. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin