R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


Xo‘sh, tahlil fani Respublikamizda qachondan shakllana boshlagan va



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

Xo‘sh, tahlil fani Respublikamizda qachondan shakllana boshlagan va 
fan sifatida vujudga kelgan? degan savol tug‘iladi. 
Dastlab, XX asrning


24 
60-yillariga kelib O‘zbekistonlik olimlar ham bu fan sohasida ijod qila boshlashdi. 
Albatta, Respublikamizda tahlil fanini tashkil topishi va shakllanishida Samarqand 
va Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlarida faoliyat olib borgan iqtisodchi olimlarning 
xizmatlari katta hisoblanadi. XX asrning 70-80-yillarida iqtisod fanlari doktori
professor I.T.Abdukarimov rahbarligida tahlil fanini o‘zbek maktabiga asos 
solindi. Ushbu maktab a’zolarining Respublikamizda tahlil fanini shakllanishi va 
vujudga kelishida qo‘shgan hissasi katta hisoblanadi. Ularning tahlil fanini nazariy, 
uslubiy va tashkiliy jihatlarini shakllantirish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarini 
alohida etirof etish lozim. Jumladan, ushbu davrda tahlil maktabi a’zolari 
I.T.Abdukarimov, 
M.Q.Pardaev 
va 
A.A.Abdievlar 
tomonidan 
«Xo‘jalik 
faoliyatining tahlili»ga bag‘ishlangan to‘rt tomlik albom yaratildi. Bu albomning 
birinchi qismi «Iqtisodiy tahlilning nazariy asoslari»ga bag‘ishlangan. Ushbu 
albomning ikkinchi tomi esa «Kooperativ savdoda iqtisodiy tahlil» nomi bilan 
ataladi. Bunda kooperativ savdo korxonalari xo‘jalik faoliyati batafsil tahlil 
qilingan. Ammo matlubot kooperasiyasi ko‘p tarmoqli soha. Shu tufayli albomning 
3-tomi «Matlubot kooperasiyasi alohida tarmoqlari xo‘jalik faoliyatining tahlili» 
mavzusiga 
bag‘ishlangan. 
Albomning 
4-tomi 
matlubot 
kooperasiyasi 
tashkilotlarida barcha tarmoqlardan hisobot qabul qilinganidan keyingi 
o‘tkaziladigan tahlil usullarini o‘z ichiga olgan. Bu «Moliyaviy holatining tahlili» 
deb nomlangan va unda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini tahlil 
qilish tartibi iqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida, kompleks usullardan foydalangan 
holda bayon qilingan. 
O‘tgan asrning 80-yillariga kelib Respublikamizda tahlil fani rivojlana 
boshladi. Bunda Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlarida faoliyat olib borgan iqtisodchi 
olimlardan 
E.Akramov, 
Yo.Abdullaev, 
E.Ergeshev, 
N.Xan, 
X.Shodiev, 
A.Shoalimov va boshqalarning hissa katta hisoblanadi. 
1990-yillarning boshlariga kelib Respublikamizda tahlil faniga oid dastlabki 
o‘zbek tilidagi adabiyotlar yaratila boshlandi. Jumladan, I.T.Abdukarimov, 
M.Q.Pardaev, A.A.Abdiyev va V.I.Abdukarimovlar tomonidan «Matbuot 


25 
kooperasiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» mavzusida birinchi marta o‘zbek 
tilida darslik vujudga keldi. Ushbu davrga kelib tahlil fanini rivojlanish sohasiga 
iqtisodchi olimlardan B.I.Isroilov, Z.N.Qurbonov, A.V.Vaxobov, A.T.Ibrohimov, 
M.To‘laxo‘jaeva, T.Sh.Shog‘iyosov, T.Q.Qudratov, I.O.Voljin, V.V.Ergashboev, 
M.Yu.Rahimov va boshqalar kirib kela boshladilar hamda ular tahlilning turli 
jihatlariga bag‘ishlangan asarlar yarata boshladilar. 
Hozirgi kunda Respublikamizda tahlil faniga oid ko‘plab darsliklar, o‘quv 
qo‘llanmalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar chop ettirilgan. Jumladan, 
iqtisodchi olim professor M.Q.Pardaev tomonidan yaratilgan «Iqtisodiy tahlil 
nazariyasi» nomli, A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov va N.F.Ishonqulovlarning 
«Moliyaviy va boshqaruv tahlili» nomli, E.Ergeshevning «Iqtisodiy va moliyaviy 
tahlil» nomli, T.Sh.Shog‘iyosov «Kompleks iqtisodiy tahlil» nomli, M.Q.Pardaev, 
J.I.Isroilov va B.I.Isroilovlarning «Iqtisodiy tahlil» nomli, T.Q.Qudratov va 
N.Fayzievalarning «Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati» nomli darslik va 
o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanilib kelinmoqda. 
Shuningdek, «Moliyaviy tahlil»ga bag‘ishlangan bir qancha adabiyotlar ham 
chop etildi. Bular jumlasiga M.Q.Pardaevning «Moliyaviy tahlil metodologiyasi», 
A.T.Ibrohimovning 
«Moliyaviy tahlil», I.T.Abdukarimovning «Moliyaviy 
hisobotni o‘qish va tahlil qilish yo‘llari», I.O.Voljin va V.V.Ergashboevlarning 
«Moliyaviy tahlil», E.A.Akramovning «Korxonalarning moliyaviy holati tahlili», 
M.Q.Pardaev va B.I.Isroilovlarning «Moliyaviy tahlil» va M.Yu.Raximovning 
«Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili» kabi o‘quv adabiyotlari 
moliyaviy tahlil fanining shakllanishi va rivojlanishida, oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy 
tadqiqot ishlarida, kadrlar malakasini oshirish tizimida va xo‘jalik subyektlarining 
moliyaviy holati tahlilini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli bilim va 
ko‘nikmalarni shakllantirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda. 


26 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin