R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
 


40 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Tahlil fanining vujudga kelishi va fan sifatida rivojlangunga qadar qanday 
evolyusion yo‘lni bosib o‘tgan? 
2.
Tahlil fani Respublikamizda qachondan shakllana boshlagan va fan sifatida 
vujudga kelgan? 
3.
Moliyaviy tahlilning zarurligi va muhimligini aytib bering? 
4.
Moliyaviy tahlil fanining predmeti deganda nimani tushunasiz? 
5.
Moliyaviy tahlil obyektlariga nimalar kiradi? 
6.
Moliyaviy tahlil subyektlari kimlar? 
7.
Moliyaviy tahlil maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 
8.
Moliyaviy tahlil fanining qanday prinsiplari bor? 
9.
Moliyaviy tahlilning qanday shakllari bor? 
10.
Moliyaviy tahlil qaysi fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganiladi? 
 
NAZORAT TESTLARI 
1.
 
O‘zbekiston Respublikasida tahlil fanining yaratilish davrlari va ularning 
yillari hamda davrlarning nomlanishi qaysi javobda to‘liq hamda ketma-
ketlikda berilgan? 
A) 5 ta davrga bo‘linib: 1-davr XX-asrning 50-yillariga to‘g‘ri kelib, fanning 
tashkil topish davri deb nomlangan; 2-davr XX-asrning 60-yillariga to‘g‘ri kelib, 
sobiq ittifoq ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lish va iqtisodiy tahlil maktabining 
shakllanish davri deb nomlangan; 3-davr 70-yillarga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy tahlil 
maktabining yaratilish va ittifoq miqyosida matlubot kooperasiyasi tahlili 
sohasini egallash davri deb nomlangan; 4-davr 80-yillarning boshlariga to‘g‘ri 
kelib, iqtisodiy tahlilning o‘zbek tilida yozilishi va vujudga kelish davri deb 
nomlangan; 5-davr 90-yillarga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy tahlilning rivojlanish 
yillari, iqtisodiy tahlil bo‘yicha asarlarning ko‘plab vujudga kelishi va chop 
etilishi hamda bu bo‘yicha turli qarashlarning paydo bo‘lish davri hisoblangan 
B) 4 ta davrga bo‘linib: 1-davr XX-asrning 70-yillariga to‘g‘ri kelib, sobiq ittifoq 
ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lish va iqtisodiy tahlil maktabining shakllanish davri 


41 
deb nomlangan; 2-davr 80-yillarga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy tahlil maktabining 
yaratilish va ittifoq miqyosida matlubot kooperasiyasi tahlili sohasini egallash 
davri deb nomlangan; 3-davr 90-yillarning boshlariga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy 
tahlilning o‘zbek tilida yozilishi va vujudga kelish davri deb nomlangan; 4-davr 
Mustaqillik yillariga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy tahlilning rivojlanish yillari, 
iqtisodiy tahlil bo‘yicha asarlarning ko‘plab vujudga kelishi va chop etilishi 
hamda bu bo‘yicha turli qarashlarning paydo bo‘lish davri hisoblangan 
C) 5 ta davrga bo‘linib: 1-davr XX-asrning 60-yillariga to‘g‘ri kelib, shakllanish 
davri deb nomlangan; 2-davr XX-asrning 70-yillariga to‘g‘ri kelib, sobiq ittifoq 
ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lish va iqtisodiy tahlil maktabining shakllanish davri 
deb nomlangan; 3-davr 80-yillarga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy tahlil maktabining 
yaratilish va ittifoq miqyosida matlubot kooperasiyasi tahlili sohasini egallash 
davri deb nomlangan; 4-davr 90-yillarning boshlariga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy 
tahlilning o‘zbek tilida yozilishi va vujudga kelish davri deb nomlangan; 5-davr 
Mustaqillik yillariga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy tahlilning rivojlanish yillari, 
moliyaviy tahlil bo‘yicha asarlarning ko‘plab vujudga kelishi va chop etilishi 
hamda bu bo‘yicha turli qarashlarning paydo bo‘lishi davri hisoblangan 
D) 3 ta davrga bo‘linib: 1-davr XX-asrning 60-70-yillariga to‘g‘ri kelib, 
shakllanish davri deb nomlangan; 2-davr 80-90-yillarga to‘g‘ri kelib, iqtisodiy 
tahlil maktabining yaratilish va ittifoq miqyosida matlubot kooperasiyasi tahlili 
sohasini egallash davri deb nomlangan; 3-davr Mustaqillik yillariga to‘g‘ri kelib, 
iqtisodiy tahlilning rivojlanish yillari, moliyaviy tahlil bo‘yicha asarlarning 
ko‘plab vujudga kelishi va chop etilishi hamda bu bo‘yicha turli qarashlarning 
paydo bo‘lish davri hisoblangan 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin