R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


Korxona xo‘jalik faoliyati yuzasidan barcha jarayonlar  o‘z yakuniga qadar hisobda uzluksiz aks ettirilishini anglatadi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
Korxona xo‘jalik faoliyati yuzasidan barcha jarayonlar 
o‘z yakuniga qadar hisobda uzluksiz aks ettirilishini anglatadi. 
 
1.4. Moliyaviy tahlilning shakllari va xususiyatlari
 
Yuqorida bayon qilganimizdek, moliyaviy tahlil – xo‘jalik yurituvchi 
subyektning moliyaviy holatiga, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga va 
samaradorligiga baho berish hamda yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatish 


35 
maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari asosida o‘tkaziladigan 
tahlildir
.
Bu tahlilni xo‘jalik subyektining xodimlari tomonidan o‘tkaziladi, biroq 
moliyaviy hisobot ochiq bo‘lganligi uchun soliq, moliya, bank, statistika va 
boshqalar tomonidan ham o‘tkaziladi hamda subyektning moliyaviy holatiga baho 
beradi. Moliyaviy tahlilning maqsadi va uning yo‘nalishini e’tiborga olsak, u har 
xil shaklda bo‘lishi mumkin: 
tarmoqlararo, tarmoq ichida, korxonalar miqyosida, 
joriy va istiqbolli, tezkor, tugallangan
kabi shakllarda bo‘lishi mumkin.
Tarmoqlararo
moliyaviy tahlilda tarmoqlararo iqtisodiy aloqalarni nazarda 
tutgan holda, tahlil qilinayotgan xo‘jalik subyektining moliyaviy holati o‘rtacha 
tarmoq ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi. 
Tarmoq ichida
o‘tkazilayotgan moliyaviy tahlilda, tahlil qilinayotgan 
xo‘jalik subyektlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari shu tarmoqdagi boshqa korxona 
hamda ilg‘or korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustaqil 
ravishda faoliyat olib borar ekan, moliyaviy tahlilning eng asosiy shakli alohida 
korxonalar miqyosida
moliyaviy holatini tahlil qilish hisoblanadi. 
Joriy 
moliyaviy tahlil choraklik va yarim yillik moliyaviy hisobotlar 
bo‘yicha o‘tkazilib, xo‘jalik subyektining moliyaviy holatini yil davomida 
o‘zgartirib, uni yaxshilash imkoniyatini beradi.
Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xo‘jalik subyekti o‘zining 
kelajagini ko‘ra bilishi, ya’ni o‘z istiqboliga ega bo‘lishi zarur, buning uchun esa 
kelajakni 
o‘ylagan holda kelgusida xo‘jalikning moliyaviy holatining 
ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi uchun istiqbolli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi 
lozim. Shu maqsadda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holati 
istiqboli
ni ham tahlil qilib turish kerak. 
Tezkor
tahlil xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida doimo, uzluksiz 
bo‘lishi kerak. Unda moliyaviy holatning alohida ko‘rsatkichlari kuzatib boriladi 
va ularning o‘zgarishiga qarab boshqaruv tadbirlari ishlab chiqilib amalga 
oshiriladi. 


36 
Tugallangan
moliyaviy tahlilda xo‘jalik subyektining butun moliyaviy holati 
tahlil qilinadi. 
Moliyaviy tahlilning yo‘naltirilganligi nuqtai nazardan moliyaviy tahlil 
quyidagi shakllarda o‘tkazilishi mumkin: 

gorizontal tahlil. 
Gorizontal tahlil hisobot davridagi ko‘rsatkichlar o‘tgan 
davrdagi 
hamda 
rejalashtirilgan 
ko‘rsatkichlar va turdosh korxonalar 
ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi, ya’ni o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning 
dinamikasi aniqlanadi; 

vertikal tahlil. 
Vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo‘lgan 
ko‘rsatkichlarning 
tarkibiy 
tuzilmasi 
o‘rganiladi. 
Masalan, 
korxona 
mablag‘larining yoki mablag‘lar manbalarining hisobot davridagi tarkibi va uni 
o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi ifodalanadi; 

nisbiy ko‘rsatkichlar tahlili. 
Bunday tahlilda moliyaviy holat 
ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi aloqa o‘rganiladi. Masalan, korxona mablag‘lari va o‘z 
mablag‘lar manbalari o‘rtasidagi aloqa, moliyaviy resurslar va ulardan foydalanish 
o‘rtasidagi aloqa ifodalanadi; 

taqqoslash tahlili
. Taqqoslash tahlilida korxona bo‘yicha moliyaviy holat 
uning alohida bo‘limlari moliyaviy holati bilan taqqoslandi, bu korxonaning 
moliyaviy holati boshqa korxonalarning moliyaviy holati bilan solishtiriladi; 

omilli tahlil
. Omilli tahlilda tahlil natijalariga bir qancha omillarning ta’siri 
hisoblanib, mavjud imkoniyatlar aniqlanadi va kelgusida ulardan samarali 
foydalanish yo‘llari ko‘rsatiladi; 

dinamik tahlil. 
Bunday tahlilda ko‘rsatkichlarning bir qancha yillar 
mobaynida o‘zgarishi o‘rganiladi. Bu istiqbolli rejalarni tuzish, kelajakda amalga 
oshiriladigan ishlarni oldindan belgilash uchun o‘tkaziladi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan moliyaviy tahlilning shakllaridan tashqari yana 
amaliyotda 
ichki
va 
tashqi
moliyaviy tahlil shakllari qo‘llaniladi. 
Ichki
moliyaviy tahlil xo‘jalik subyektining xodimlari tomonidan o‘tkazilib, 
kelgusida boshqaruv tizimini takomillashtirish va moliyaviy holatini yaxshilash 


37 
maqsadida o‘tkaziladi. 
Tashqi
moliyaviy tahlil xo‘jalik subyekti xodimlari tomonidan emas, balki 
boshqa organlar, tashkilotlar va korxonalar xodimlari tomonidan o‘tkaziladi. Bu 
tahlil xo‘jalik subyektining murojaati bo‘yicha yoki yuqori tashkilot, korxona va 
davlat organlari xodimlari tomonidan nazorat sifatida o‘tkazilishi mumkin. 
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish bir tomondan korxonalarning 
mustaqil faoliyati uchun imkoniyat yaratib bersa, ikkinchi tomondan ularning 
mas’uliyatini oshiradi. Shu bois, korxonalar o‘zining moliya-xo‘jalik faoliyatini 
chuqur tahlil qilib o‘rganishlari lozim. Bunda moliyaviy tahlil va boshqaruv tahlili 
shakllaridan keng foydalanish talab etiladi. Moliyaviy tahlil va boshqaruv tahlili 
shakllari bir-biri bilan bog‘liq, ammo bajaradigan vazifalari va xususiyatlari 
turlicha hisoblanadi. Moliyaviy tahlil quyidagi xususiyatlarga ega: 
- moliyaviy tahlilning yakunlari ochiq bo‘lib, tahlil ma’lumotlaridan hamma 
foydalanishi mumkin; 
- moliyaviy tahlilning yakunlaridan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar tarkibi keng hisoblanadi; 
- moliyaviy tahlil hamma uchun moslangan, nashr etilgan hisobot 
ma’lumotlariga asoslanadi; 
- moliyaviy tahlil korxonalar ichki boshqaruv muammolarini yechish uchun 
o‘tkaziladi; 
- moliyaviy tahlilning yo‘nalishi moliyaviy hisobot ma’lumotlari bilan 
cheklangan bo‘lib, unda aniq vazifalar yechiladi. Bu moliyaviy mustahkamlik
balans likvidligi, foyda, rentabellik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlardir. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin