R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
1.5. Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi 
«Moliyaviy tahlil» fani iqtisodiy fan bo‘lib boshqa fanlardagi umumiy 
qonuniyatlar va tartiblarga amal qiladi. Ya’ni ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro 
bog‘liqlikda bo‘ladi. Jumladan, «Moliyaviy tahlil» fani bevosita «Iqtisodiyot 
nazariyasi» fani bilan bog‘liq. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatda sodir bo‘layotgan 


38 
iqtisodiy jarayonlarning ma’lum qonuniyatlarini, ularning xarakterlanish va amal 
qilish yo‘llarini o‘rgatadi. Moliyaviy tahlil esa shu qonunlarning korxona, firma, 
birlashma va shu kabilar doirasida sodir bo‘lish va amal qilish jarayonini 
o‘rganadi. Bunda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining ilmiy-metodologik jihatlaridan 
foydalaniladi. Moliyaviy tahlil o‘z navbatida iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan 
jarayonlarni chuqur o‘rganish bilan «Iqtisodiyot nazariyasi»
fanining rivojlanishi 
uchun ham asos yaratib beradi. Shu bois, bu fanlar bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda 
deb hisoblaymiz. 
Moliyaviy tahlil fani «Moliyaviy hisob» fani bilan ham uzviy bog‘liq. Bu 
fanlar mazmun va mohiyati jixatidan aniq amaliy fanlar guruhiga kiradi. Tahlil 
moliyaviy hisobning navbatdagi bosqichi sifatida uning mantiqiy davomi bo‘lib 
hisoblanadi. Moliyaviy hisobning vazifasi 
moliyaviy hisobotni tuzish, 
axborotlarini umumlashtirish bilan tugaydi. Shu hisobotlar va boshqa axborotlar 
asosida sodir bo‘lgan va bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish bilan 
moliyaviy tahlil shug‘ullanadi. Tahlilda moliya-xo‘jalik faoliyatining haqiqiy 
natijasi rejadagi, me’yorlardagi, o‘tgan davrlardagi ko‘rsatkichlar bilan 
solishtirilib, o‘zgarishlar aniqlanadi va unga ta’sir etuvchi omillarning ta’sir 
darajalari hisoblanadi hamda tahlil natijalaridan kelib chiqib to‘g‘ri xulosalar 
shakllantiriladi va foydalanilmayotgan mavjud ichki imkoniyatlar aniqlash orqali 
tahlil o‘z vazifasini bajaradi. 
Bizga ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zining moliya-xo‘jalik 
faoliyatini tahlil qilib va shu tahlil ma’lumotlariga asosan tegishli boshqaruv 
qarorlari qabul qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy tahlil «Boshqaruv 
hisobi» fani bilan ham o‘zaro aloqador.
Moliyaviy tahlil «Statistika» fani bilan ham bevosita bog‘liq. Statistikada 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash usullari o‘rgatilsa moliyaviy tahlilda shu 
ko‘rsatkichlardan tahlil qilish uchun foydalaniladi. Statistik hisob va hisobot 
ma’lumotlari ham moliyaviy tahlil uchun axborot manbai bo‘lib hisoblanadi. 
Shuningdek, moliyaviy tahlil jarayonida ham statistik usulardan foydalaniladi. 


39 
Statistika ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni asosan makro darajada talqin qilsa, tahlil 
ularni mikro darajada o‘rganadi. Ya’ni statistika yirik bir to‘plamlar, guruhlarni 
o‘rgansa, tahlil asosan bitta xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini o‘rganish 
bilan cheklanadi. Demak, «Statistika» va «Moliyaviy tahlil» fanlari o‘zaro uzviy 
aloqada bo‘lishi bilan birga, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
hisoblanadi. 
Moliyaviy tahlil «Pul va banklar» fani bilan ham uzviy bog‘liqlikda 
o‘rganiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda sodir bo‘layotgan iqtisodiy 
jarayonlarni moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash, agarda o‘z mablag‘lari yetarli 
bo‘lmasa qancha kredit olish va unga qancha foiz to‘lash kabi pul munosabatlari 
bilan «Pul va banklar» fani shug‘ullanadi. O‘z mablag‘lari va qarz mablag‘laridan 
samarali foydalanganlik kabi muhim jihatlari bilan moliyaviy tahlil fani 
shug‘ullanadi. Bu yerda ikki fanning ham o‘rganish obyekti (moliyaviy 
mablag‘lar) bir xil. Ammo birinchisida ushbu kategoriyaning mavjudligi va 
ta’minoti o‘rganilsa, ikkinchisida undan foydalanish samaradorligi o‘rganiladi. 
Shuningdek, «Moliyaviy tahlil» fani «Audit» fani bilan ham uzviy 
bog‘liqdir. Audit va auditorlik faoliyati tushunchalari mustaqilligimizning 
dastlabki yillaridan kirib keldi va qo‘llanila boshladi. Bugungi kunda «Audit» 
mustaqil fan sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinmoqda. Shuni ta’kidlash 
lozimki, har qanday holda ham audit moliyaviy hisobotda ifodalangan 
ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri shakllantirilganligiga baho berishi uchun ularni tahlil 
qilib o‘rganishi lozim bo‘ladi. Chunki, asosli auditorlik xulosasi tahlil natijalariga 
asoslangan holda shakllanadi. Bundan audit va tahlil bir-biri bilan uzviy 
bog‘liqlikda ekanligini ko‘rishimiz mumkin. 
Shuni ta’kidlash kerakki, tahlil juda ko‘p hollarda fanlar o‘rtasida ko‘prik 
vositasini bajaradi. Biz yuqorida «Moliyaviy tahlil» faniga yaqin bo‘lgan iqtisodiy 
fanlargagina to‘xtalib o‘tdik. Bundan tashqari moliyaviy tahlil huquqga doir va 
tabiiy fanlar bilan ham o‘zaro aloqada bo‘ladi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin