R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


Ko‘rsatkichlarning ifodalanish shakli bo‘yicha tasnifi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

Ko‘rsatkichlarning ifodalanish shakli bo‘yicha tasnifi 
Mutloq ko‘rsatkichlar 
Nisbiy ko‘rsatkichlar 


50 
sifat jihatidan o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Jumladan, qishloq xo‘jalik 
korxonalari faoliyati tahlil qilinayotgan bo‘lsa, nisbiy ko‘rsatkich sifatida 
hosildorlik olinishi mumkin. Uni yalpi hosil miqdorini ekin maydoniga bo‘lish 
orqali aniqlaymiz. Boshqa sohalarga ham shu tartibda yondashish mumkin.
2.5. Ko‘rsatkichlarni umumlashtirish darajasi bo‘yicha tasniflash 
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar umumlashtirish darajasi bo‘yicha ham tasniflanadi. 
Chunki, iqtisodiy jarayonlar har bir sohada va bo‘g‘inlarda hamda bosqichlarda 
turlicha bo‘ladi. Xususan, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi uni ishlab chiqarish 
uchun sarf bo‘lgan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning umumiy hajmini 
ifodalaydi. Ya’ni bu umumlashgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Biroq uning bir qismi 
sarf bo‘lgan moddiy resurslarni, yana bir qismi mehnat resurslari hajmidan iborat. 
O‘z navbatida sarf bo‘lgan moddiy resurslarning miqdori va bahosi kabi 
ko‘rsatkichlar ular to‘g‘risida qo‘shimcha xulosalar beradigan yordamchi 
ko‘rsatkichlardir. Shu sababli, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni umumlashtirish darajasi 
bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mazkur belgisi bo‘yicha quyidagicha tasniflash 
mumkin (2.5-rasm). 
 
 
 
 
2.5-rasm. 
Ko‘rsatkichlarni umumlashganlik darajasi bo‘yicha 
tasniflanishi 
Umumlashgan ko‘rsatkichlarga xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik 
faoliyatining biror bir natijasini umumiy holatda ifoda etadigan ko‘rsatkichlar 
kiradi. Masalan, fermer xo‘jaligining mahsulot sotishdan olingan sof tushumi. Bu 
umumlashgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Chunki, u fermer xo‘jaligida yetishtirilgan 
barcha mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushumini ifoda etadi. Shuningdek, 
fermer xo‘jaligida paxta, bug‘doy yoki sabzavot yetishtirishdan olingan sof pul 
tushimi kabi ko‘rsatkichlar natijaning bir qismini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin