46
II BOB. MOLIYAVIY TAHLILDA QO‘LLANILADIGAN
KO‘RSATKICHLAR
2.1. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tasniflash belgilari
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar mamlakat iqtisodiyotida sodir bo‘lgan
iqtisodiy
jarayonlar, hodisalar va ularning natijasini miqdor va sifat jihatdan ifodalab beradi.
Shu sababli, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishlari, jumladan uchunchi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish
va liberallashtirish ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga
oshirishda iqtisodiy ko‘rsatkichlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, belgilab
olingan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha erishilgan yutuqlar, yo‘l
quyilgan
kamchiliklar, milliy iqtisodiyotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida to‘liq
ma’lumotlar iqtisodiy ko‘rsatkichlarda aks etadi. Ushbu ma’lumotlar asosida
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning holatiga baho beriladi, ularning o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatgan omillar hisob-kitob qilingan holda yaxshilash imkoniyatlari bo‘yicha
aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu esa, iqtisodiy ko‘rsatkichlar iqtisodiy
jarayonlarni baholashda, ularning o‘zgarishlarini aniqlashda, ayniqsa tahlil qilishda
muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Bugungi kunda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri talqin qilgan holda
foydalanish moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarishda oqilona
qarorlar qabul qilish
imkonini beradi. Shu sababli, tahlilni tashkil etish va o‘tkazishda iqtisodiy
ko‘rsatkichlar va ularning tasnifi to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lish
lozim.
Iqtisodchi olimlarning o‘quv-uslubiy va ilmiy asarlarida iqtisodiy
ko‘rsatkichlar va ularning tasniflanishi yoritilgan bo‘lib, jumladan iqtisodchi olim
M.Q.Pardaev “Iqtisodiy ko‘rsatkichlar deganda, iqtisodiy jarayonlar,
hodisalar va
ularning natijasini miqdor va sifat jihatidan ifodalaydigan nomi va o‘lchamlarga
ega bo‘lgan birliklar tushuniladi”
16
deb ta’riflaydi.
16
Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. “Zarafshon”, 2001. – 67 b.
47
Ushbu ta’rifdan ko‘rinadiki, iqtisodiy ko‘rsatkichlar iqtisodiy jarayonlar va
ularning natijalarini miqdor va sifat jihatdan ifodalaydigan nomiga hamda
o‘lchamlarga ega bo‘lishi lozim ekan. Haqiqatdan ham iqtisodiy ko‘rsatkich
iqtisodiy jarayonni miqdor yoki sifat jihatdan ifodalovchi nomga va ma’lum bir
o‘lchamga ega bo‘lishi kerak. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobot
davridagi moliya-xo‘jalik faoliyati yakunini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich sof
foyda yoki ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq iqtisodiy jarayonni ifodalovchi
ko‘rsatkich mahsulot hajmi hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu iqtisodchi olim iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
quyidagi
belgilari bo‘yicha tasniflaydi (2.1-rasm):
Dostları ilə paylaş: