R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

14.10-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda mahsulot sotish hajmiga 
ta’sir etuvchi omillar tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Hisobot yili 
O‘zgarishi 
(+;-) 
Reja 
Haqiqatda 
1 Yil boshiga tayyor mahsulot qoldig‘i, ming so‘m 
5460 
5100 
-360 
2 Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot hajmi, ming so‘m 
500000 
577720 
+77720 
3 Tayyor mahsulotlarning boshqa sabablarga ko‘ra 
chiqib ketishi, ming so‘m 
62 
59 
-3 
4 Yil oxiriga tayyor mahsulot qoldig‘i, ming so‘m 
6148 
9241 
+3093 
5 Sotilgan tayyor mahsulot hajmi, ming so‘m 
499250 
573520 
+74270 
Shu jumladan, sotilgan tayyor mahsulot hajmining o‘zgarishiga omillar ta’siri: 
-
tayyor mahsulotlarning yil boshidagi qoldig‘i o‘zgarishining hisobiga (∆T
yb

-360 
-
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot hajmining o‘zgarishi hisobiga (∆TK) 
+77720 
-
tayyor mahsulotlarning turli sabablarga ko‘ra chiqib ketishining hisobiga 
(∆TCh) 
+3 
-
tayyor mahsulotlarning yil oxiriga bo‘lgan qoldig‘ini o‘zgarishi hisobiga (∆T
yo

-3093 
14.10.-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, sotilgan tayyor mahsulot 
hajmi hisobot yilida rejaga nisbatan 74270 ming so‘mga ko‘paygan. Bu 
o‘zgarishga hisobot yilida rejaga nisbatan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar 
hajmining 77720 ming so‘mga ko‘payishi va tayyor mahsulotlarning har xil chiqib 
ketishini 3 ming so‘mga kamayishi sotilgan tayyor mahsulotlar hajmining 
o‘zgarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Boshqa omillar esa sotilgan tayyor mahsulot 
hajmining o‘zgarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 
Umuman olganda, hisobot yilida rejaga nisbatan haqiqatda sotilgan tayyor 
mahsulotlar hajmining 74270 (-360+77720+3-3093) ming so‘mga ko‘payishi 
ijobiy holat hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan 
jamiyati rahbariyati tahlil natijalariga asoslangan holda sotilgan tayyor mahsulotlar 
hajmini yanada ko‘paytirishning ichki imkoniyatlarini o‘rgangan holda tegishli 
chora-tadbirlarni ishlab chiqishi lozim. 
Shuningdek, tahlilda mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini belgilovchi 
omillarning ta’sirini o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi. Bunday omillarni uch 
guruhga ajratgan holda o‘rganish mumkin: 
-
korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi va ulardan 
foydalanish samaradorligi; 


335 
-
korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganligi va 
ulardan foydalanish samaradorligi; 
-
ishlab chiqarishning moddiy resurslar bilan ta’minlangani va ulardan 
foydalanish samaradorligi. 
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining o‘zgarishiga ushbu omillar 
guruhining har birini ta’siri tahlil qilib o‘rganilishi lozim. Biz mahsulot sotish 
hajmining o‘zgarishiga birinchi guruh, ya’ni korxonaning mehnat resurslari bilan 
ta’minlanganligi va ulardan foydalanish samaradorligi ta’sirini aniqlash tartibini 
ko‘rib chiqamiz. 
Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga mehnat resurslari bilan bog‘liq 
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
-
xodimlar o‘rtacha sonining o‘zgarishi (X
1
-X
0
); 
-
bir xodimning ishlagan kishi kunlarini o‘zgarishi (K
1
-K
0
); 
-
ish kuni davomiyligining o‘zgarishi (D
1
-D
0
); 
-
xodimning bir soatlik ish unumining o‘zgarishi (Ks
1
-Ks
0
). 
Mazkur omillarning ko‘paytmasi sotilgan mahsulot hajmini ifodalaydi. Buni 
quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ko‘rsatish mumkin: 
SM = X × K × D × Ks, (14.6) 
“Mutloq farqlar” usuli yordamida yuqoridagi omillarning mahsulot sotish 
hajmiga ta’sirini “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rsatkichlari 
asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi
(14.11-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin