R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

14.11-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda sotilgan mahsulot hajmining 
o‘zgarishiga mehnat resurslari bilan bog‘liq omillar ta’sirining tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Hisobot yili 
O‘zgarishi 
(+;-) 
Reja 
Haqiqatda 

Xodimlar soni, kishi 
200 
202 
+2 

Bir xodimning ishlagan kishi kunlari, kun 
220 
210 
-10 

Ish kunining o‘rtacha davomiyligi, soat 
8,0 
7,8 
-0,2 

Xodimning bir soatlik ish unumi, so‘m
1418,32 
1733,34 
+315,02 

Sotilgan mahsulot hajmi, ming so‘m 
499250 
573520 
+74270 


336 
14.11-jadval 
ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyatda sotilgan mahsulot hajmi hisobot yilida rejaga nisbatan 
haqiqatda 74270 ming so‘mga ko‘paygan. Ushbu o‘zgarishga omillar ta’siri 
quyidagicha bo‘lgan: 
-
birinchi omil, xodimlar sonining hisobot yilida rejaga nisbatan haqiqatda
2 kishiga ko‘payishi sotilgan mahsulot hajmini 4992,0 ming so‘mga yoki
6,7 foizga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
±∆SM
x
= ∆X × K
0
× D
0
× Ks
0
= (+2) × 220 × 8 × 1418,32 = +4992,0 ming so‘m 
-
ikkinchi omil, bir xodimning ishlagan kishi-kunlari rejaga nisbatan 
haqiqatda 10 kunga kamayishi, sotilgan mahsulot hajmining 22920,0 ming so‘mga 
kamayishiga olib kelgan: 
±∆SM
k
= X

× ∆K × D
0
× Ks
0
= 202 × (-10) × 8 × 1418,32 = - 22920,0 ming so‘m 
-
uchinchi omil, ish kuni davomiyligining rejaga nisbatan haqiqatda 0,2 soatga 
qisqarishi, sotilgan mahsulot hajmini 12034,0 ming so‘mga kamayishiga ta’sir 
ko‘rsatgan: 
±∆SM
d
= X

×K
1
× ∆D × Ks
0
= 202 × 210 × (-0,2) × 1418,32= -12034,0 ming so‘m 
-
to‘rtinchi omil, xodimning o‘rtacha bir soatlik ish unumi rejaga nisbatan 
haqiqatda 315,02 so‘mga oshishi, sotilgan mahsulot hajmini 104232,0 ming 
so‘mga ko‘payishiga olib kelgan: 
±∆SM
Ks
=X

×K
1
× D
1
× ∆Ks =202 × 210 × 7,8×(+315,02)= +104232,0 ming so‘m 
Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha 
omillarning umumiy yig‘indisi natija ko‘rsatkichining o‘zgarishiga teng bo‘lishi 
lozim: 
±∆SM = (±∆SM
x
) +(±∆SM
k
) + (±∆SM
d
) + (±∆SM
KC) 
= (+4992,0) + (- 22920,0)
+ (-12034,0) + (+104232,0) = +74270 ming so‘m 
Bu sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 
ta’siri to‘g‘ri hisob-kitob qilinganligidan dalolat beradi. 
Demak, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda sotilgan mahsulot 
hajmini yanada oshirishning ichki imkoniyatlari mavjud bo‘lib, undan jamiyat 


337 
rahbariyati foydalana olmagan. Ya’ni, agarda bir xodimning ishlagan kishi kunlari 
va ish kunining davomiyligi rejasi to‘liq bajarilganda, sotilgan mahsulot hajmining 
yanada oshishi ta’minlagan bo‘lar edi. 
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining o‘zgarishiga yuqorida 
ko‘rsatilgan boshqa guruh omillarining ta’siri ham tahlil usullaridan foydalangan 
holda shunday tartibda hisob-kitob qilish asosida tahlil qilib o‘rganiladi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin