R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi mehnat



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

15.4. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi mehnat 
omillarining tahlili 
Qayta ishlash korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi 
ko‘p jihatdan mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish darajasiga bog‘liq 
hisoblanadi. Mehnat resurslari ishchi kuchi tariqasida ishlovchilarning o‘rtacha 
soni bilan, mehnat rusurslaridan samarali foydalanish darajasi o‘rtacha bir xodim 
hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan tavsiflanadi. Mazkur omillar 
mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillar hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan ular o‘rtasida bevosita 


355 
bog‘liqlik mavjud bo‘lib, uni quyidagicha ifodalash mumkin: 
YaM = X
s
× K
s
, (15.3) 
Bu yerda: YaM – ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi; X
s
– xodimlarning o‘rtacha 
soni; K
s
– bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi. 
Mazkur formuladan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot 
hajmining o‘zgarishiga quyidagi mehnat omillari ta’sir ko‘rsatar ekan: 
-
xodimlar o‘rtacha sonining o‘zgarishi; 
-
bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi. 
Ushbu omillarning ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmining o‘zgarishiga 
ta’sirini “Ko‘rsatkichlar farqi” usuli yordamida tahlil qilib o‘rganish mumkin. 
Tahlilda mazkur usuldan foydalanganda birinchi navbatda ishlab chiqarilgan yalpi 
mahsulot hajmining umumiy o‘zgarishi aniqlanadi. Buning uchun hisobot 
davridagi yalpi mahsulot hajmidan bazis davridagi yalpi mahsulot hajmini 
chegirish lozim: 
±∆YaM = (X
s1
× K
s1
) - (X
s0
× K
s0

Shundan so‘ng, yalpi mahsulot hajmining o‘zgarishiga mehnat omillarining 
ta’siri hisob-kitob qilinib aniqlanadi. Ya’ni, birinchi omil xodimlarning o‘rtacha 
yillik sonining o‘zgarishi yalpi mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash 
uchun hisobot davridagi xodimlar soni bilan bazis davridagi xodimlar soni 
o‘rtasidagi farqni bazis davridagi bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan 
mahsulot hajmiga ko‘paytirish lozim: 
±∆YaM
xs
= (X
s1
- X
s0
) × K
s0
Ikkinchi omil, bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajmining o‘zgarishi yalpi mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash 
uchun hisobot davridagi bir nafar xodim hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajmidan, shu ko‘rsatkichning bazis davrida hajmi orasidagi farqni hisobot 
davridagi xodimlarning o‘rtacha soniga ko‘paytirish kerak: 
±∆YaM
ks
= (K
s1
- K
s0
) × X
s1
Yuqoridagi ikki omil ta’sirining o‘zaro yig‘indisi yalpi mahsulot hajmining 
umumiy o‘zgarishiga teng bo‘lishi lozim. 


356 
Ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi mehnat omillarini “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat 
ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega 
bo‘lindi (15.6-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin