R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

16.2. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligining tahlili 
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalardan foydalanish darajasi oshgan 
sari mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshib boradi. Shu sababli, asosiy ishlab 
chiqarishdagi asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini o‘rganish asosida 
mavjud imkoniyatlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalardan foydalanishning intensivligi 
va samaradorligini umumlashtirgan holda tavsiflash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar 
qo‘llaniladi: 
1. Fond qaytimi (FQ) – bu ko‘rsatkich ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot 
hajmini asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatiga 
bo‘lish orqali aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkich 1 so‘mlik asosiy ishlab chiqarishdagi 
asosiy vositalar hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmini ifodalaydi. 
2. Fond sig‘imi (FC) – mazkur ko‘rsatkich fond qaytimining aksini 


368 
ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, 1 so‘mlik ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmiga 
to‘g‘ri keladigan asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar hajmini bildiradi. 
3. Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar rentabelligi (R
AVI
) – bu 
ko‘rsatkich mahsulot sotishdan olingan foyda summasini asosiy ishlab 
chiqarishdagi asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi. 
Ushbu ko‘rsatkich 1 so‘mlik asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar hisobiga 
olingan mahsulot sotishdan olingan foyda summasini ko‘rsatadi. 
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi tahlilida birinchi navbatda, 
mazkur ko‘rsatkichlarning har bir turi bo‘yicha hisobot yilidagi (haqiqatda) 
ko‘rsatkichni bazis yilidagi (reja) ko‘rsatkich bilan solishtirilib, o‘zgarishlari 
aniqlanadi. Shundan so‘ng, ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 
aniqlanib, hisob-kitob qilinadi. Omillar ta’sirini hisob-kitob qilib aniqlashda 
“Ko‘rsatkichlar farqi”, “Zanjirli bog‘lanish”, “Qayta hisoblash”, “Mutlaq farqlar” 
va “Indeks” usullaridan foydalanish mumkin. 
Endi yuqoridagi fond qaytimi ko‘rsatkichi va uning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar tahliliga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, bunda asosiy vositalardan 
foydalanish samaradorligini chuqurroq tahlil qilish maqsadida fond qaytimi 
ko‘rsatkichini asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar va ularning aktiv qismi 
bo‘yicha alohida tahlil qilib o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bois, 
birinchi navbatda asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarning fond qaytimi va 
uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlilini keltirib o‘tamiz. Buning 
uchun dastlab “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat ma’lumotlari 
o‘rganilgan holda tegishli ko‘rsatkichlar shakllantirildi va ularni rejaga nisbatan 
solishtirish orqali o‘zgarishi aniqlandi (16.2-jadval). 
16.2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy 
vositalar fond qaytimining haqiqiy darajasi rejadagidan 0,2 so‘mga oshgan. Ya’ni, 
1 so‘mlik asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar hisobiga ishlab chiqarilgan 
yalpi mahsulot hajmi rejaga nisbatan haqiqatda 20 tiyinga yoki 6,6 foizga oshgan. 


369 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin