R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

16.1-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda asosiy vositalar bilan 
qurollanish darajasining tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Hisobot yili 
O‘zgarishi
(+;-) 
Reja 
Haqiqatda 

Asosiy 
ishlab 
chiqarishdagi 
asosiy 
vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘m 
166118 
179800 
+13682 

Ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlar soni, 
kishi 
160 
165 
+5 

Asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi, 
so‘m 
1038237 
1089670 
+51433 
16.1 – jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyatida asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi rejaga nisbatan 
haqiqatda 51433 so‘mga oshgan. Bunday o‘zgarishni ijobiy holat sifatida baholash 
mumkin. 
Asosiy vositalar bilan qurollanish darajasining o‘zgarishiga asosiy ishlab 
chiqarishdagi asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining va ishlab chiqarishda 
band bo‘lgan xodimlar sonining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ularning ta’sir 
darajalarini “Qayta hisoblash” usuli orqali hisob-kitob qilish mumkin. Buning 
uchun avvalo qayta hisoblangan ko‘rsatkichni aniqlab olish lozim. Uni aniqlash 
uchun haqiqatdagi asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatini rejadagi ishlab 
chiqarishda band bo‘lgan xodimlar soniga bo‘lish kerak: 
AQ
q
= AVI : IX = 179800 : 160 = 1123750
Endi, asosiy vositalar bilan qurollanish darajasining o‘zgarishiga omillar 
ta’sirini aniqlaymiz. Ya’ni, birinchi omil asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy 
vositalar o‘rtacha yillik qiymati o‘zgarishining asosiy vositalar bilan qurollanish 


367 
darajasiga ta’sirini aniqlash uchun qayta hisoblangan ko‘rsatkichdan rejadagi 
ko‘rsatkichni chegirib tashlash lozim: 
1123750 – 1038237 = +85513 so‘m 
Demak, asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatining rejaga nisbatan 
haqiqatda 13682 ming so‘mga ko‘payishi asosiy vositalar bilan qurollanish 
darajasini 85513 so‘mga ortishiga ta’sir ko‘rsatgan. 
Ikkinchi omil, asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlar sonining 
asosiy vositalar bilan qurollanish darajasiga ta’sirini topish uchun haqiqatdagi 
ko‘rsatkichdan qayta hisoblangan ko‘rsatkichni chegirish zarur: 
1089670 –
1123750 = - 34080 so‘m 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, rejadagi asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan 
xodimlar soniga nisbatan haqiqatda 5 nafarga ko‘payishi, asosiy vositalar bilan 
qurollanish darajasini 34080 so‘mga kamaytirgan. 
Mazkur omillarning ta’siri natijasida asosiy vositalar bilan qurollanish 
darajasi 51433 so‘mga ko‘paygan. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin