R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə268/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

16.7-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda nomoddiy aktivlar tarkibi, 
tuzilishi va dinamik o‘zgarishlarining tahlili 
№ 
Nomoddiy aktivlar tarkibi 
O‘tgan yil 
Hisobot yili 
O‘zgarishi 
(+;-) 
Summa, 
ming 
so‘m 
Sal-
mog‘i, 

Summa, 
ming 
so‘m 
Sal-
mog‘i
, % 
Mutlaq, 
ming 
so‘m 
Sal-
mog‘i, 

1 Sanoat namunasi 
45279 
46,0 
45279 
42,6 

-3,4 
2 Savdo markalari 
29824 
30,3 
29824 
28,0 

-2,3 
3 Dasturiy ta’minot 
8075 
8,2 
11675 
11,0 
+3600 
+2,8 
4 Intellektual mulk obyektlaridan 
foydalanish huquqi 
11789 
11,9 
14461 
13,6 
+2672 
+1,7 
5 Boshqa nomoddiy aktivlar 
3412 
3,6 
5092 
4,8 
+1680 
+1,2 
Nomoddiy aktivlar jami 
98379 
100 
106331 
100 
+7952 

16.7-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan 
jamiyatning nomoddiy aktivlari o‘tgan yilga nisbatan 7952 ming so‘mga 
ko‘paygan. Bunday o‘zgarishni ijobiy baholagan holda nomoddiy aktivlar tarkibiga 
e’tibor qaratadigan bo‘lsak, uning tarkibida asosiy salmoqni sanoat namunasi va 
savdo markalari egallab turibdi. Ya’ni, sanoat namunasi o‘tgan yilda 46 % ni 
tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich hisobot yilida 42,6 % ga teng bo‘lgan. Savdo 
markalarining salmog‘i esa o‘tgan yili 30,3 % bo‘lgan bo‘lsa, hisobot yilida 28 % 
ni tashkil qilgan. Bundan ko‘rinadiki, sanoat namunasi va savdo markalarining 
salmog‘ida hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan kamayish kuzatilgan. Biroq, 
ularning qiymatida o‘zgarish bo‘lmagan. 
Nomoddiy aktivlar tarkibida hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan dasturiy 
ta’minot 3600 ming so‘mga, intellektual mulk obyektlaridan foydalanish huquqi 
2672 ming so‘mga va boshqa nomoddiy aktivlar 1680 ming so‘mga 
ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin. Mazkur nomoddiy aktivlarning ko‘payishi 
natijasida jamiyatning nomoddiy aktivlari o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida 7952 
ming so‘mga ortgan. Albatta, bunday natijalarni ijobiy holat sifatida baholash 


385 
mumkin. Ammo, mazkur o‘zgarishlar qanday samara berganligi “NAMUNA” 
mas’uliyati cheklangan jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shu bois, nomoddiy aktivlardan foylanish samaradorligini 
tahlil qilib o‘rganish lozim. 
Nomoddiy aktivlardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi asosiy 
ko‘rsatkich bu nomoddiy aktivlar rentabelligi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu 
ko‘rsatkich bir so‘mlik nomoddiy aktiv hisobiga to‘g‘ri keladigan foyda 
summasini tavsiflaydi. Ushbu ko‘rsatkich sof foyda summasini nomoddiy aktivlar 
o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi. 
Mazkur ko‘rsatkich va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat ma’lumotlari asosida tahlil qilib 
o‘rganilganda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (16.8-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin