389
ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin.
Moddiy
resurslardan
foydalanish
samaradorligini
ifodalovchi
ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, barcha ko‘rsatkichlar rejaga nisbatan
haqiqatda yomonlashgan. Bunga asosan moddiy xarajatlar hajmining rejaga
nisbatan haqiqatda ko‘payishi salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Bunday natijalar
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat uchun ijobiy holat hisoblanmaydi.
Shu sababli, jamiyat rahbariyati yalpi mahsulot hajmini oshirish va moddiy
xarajatlar hajmini kamaytirish choralarini ko‘rishi lozim. Chunki,
mazkur omillar
korxonada moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi
ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi birlamchi omillar hisoblanadi.
Endi, material qaytimi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
tahliliga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, 16.9-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki,
jamiyatda material qaytimi ko‘rsatkichi haqiqatda rejaga nisbatan 0,04 so‘mga
kamaygan. Mazkur o‘zgarish quyidagi birlamchi omillar ta’siri natijasida yuzaga
kelgan:
-
yalpi mahsulot hajmining o‘zgarishi;
-
moddiy xarajatlar hajmining o‘zgarishi.
Ushbu omillarning material qaytimining o‘zgarishiga ta’sirni “Qayta
hisoblash” usuli orqali aniqlash mumkin. Bunda dastlab,
material qaytimini qayta
hisoblab olish lozim. Buning uchun birinchi omilning haqiqiy (hisobot yili)
miqdorini (YaM
1
) ikkinchi omilning reja (o‘tgan yil)dagi miqdoriga (MX
0
) bo‘lish
lozim. Ya’ni:
MQ
qh
= YaM
1
: MX
0
Shundan so‘ng, material qaytimining o‘zgarishiga omillar ta’sirini aniqlash
mumkin.
Mazkur usul yordamida “NAMUNA” mas’uliyati
cheklangan jamiyat
ma’lumotlaridan foydalanib, material qaytimi va uning o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega
bo‘lindi (16.10-jadval).