R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

16.8-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda nomoddiy aktivlardan 
foydalanish samaradorligining tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan 
yil 
Hisobot 
yilidagi sof 
foyda va 
o‘tgan yildagi 
nomoddiy 
aktivlar 
qiymati 
Hisobot 
yili 
O‘zgarishi 
(+;-) 
Shu jumladan 
omillar ta’siri 
Sof foyda 
miqdori-
ni 
o‘zgarishi 
hisobiga 
O‘rtacha 
yillik 
qiymati-
ning 
o‘zgarishi 
hisobiga 

Sof foyda, ming so‘m 
20500 
30262 
30262 
+9762 



Nomoddiy 
aktivlar 
o‘rtacha yillik qiymati
ming so‘m 
98379 
98379 
106331 
+7952 



Nomoddiy 
aktivlar 
rentabelligi, % 
20,8 
30,8 
28,5 
+7,7 
+10 
-2,3
16.8-jadval 
ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyat nomoddiy aktivlari rentabelligi o‘tgan yil 20,8 % ni tashkil 
etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich hisobot yilida 28,5 % ga teng bo‘lgan. Bundan 
ko‘rinadiki, rentabellik ko‘rsatkichi hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 7,7 % ga 
ko‘paygan. Bunday natijani ijobiy holat sifatida baholash mumkin. Endi, mazkur 
o‘zgarishga omillar ta’sirini o‘rganadigan bo‘lsak, birinchi omil, sof foyda 


386 
miqdorining hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 9762 ming so‘mga ko‘payishi, 
mazkur rentabellik ko‘rsatkichi darajasini 10 % ga oshishiga olib kelgan: 
30,8 % – 20,8 % = + 10 % 
Ikkinchi omil, nomoddiy aktivlar o‘rtacha yillik qiymatining hisobot yilida 
o‘tgan yilga nisbatan 7952 ming so‘mga ko‘payishi, rentabellik darajasini 2,3 % ga 
pasayishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
28,5 % – 30,8 % = - 2,3 %. 
Mazkur omillarning ta’siri natijasida nomoddiy aktivlar rentabelligi darajasi 
o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida 7,7 foizga ko‘paygan. Tahlil natijalariga ko‘ra, 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda nomoddiy aktivlar rentabelligi 
darajasini oshirishning asosiy imkoniyatlari bo‘lib, sof foyda miqdori hisoblanar 
ekan. Shu sababli, jamiyat rahbariyati sof foyda miqdorini yanada ko‘paytirish 
choralarini ko‘rishi lozim. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin