R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Ko‘rsatkichlar farqi usuli va uni tahlilda qo‘llanilishi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

5.2.4. Ko‘rsatkichlar farqi usuli va uni tahlilda qo‘llanilishi 
Tahlilda ko‘rsatkichlar farqi usuli natijaga omillar ta’sirini hisoblashda keng 
qo‘llaniladi. Xo‘jalik faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bir-biri bilan 
chambarchas bog‘liq. Bunda bir ko‘rsatkich natija deb qaralsa, shunga bog‘liq 
bo‘lgan qolgan ko‘rsatkichlar ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida qaraladi. 
Bu usulning mohiyati shundaki, natija ko‘rsatkichiga omillar ta’sirini 
aniqlash uchun hisoblanayotgan omilning farqi olinib, qolgan omillarning 
joylashish tartibiga qarab o‘tgan davrdagi yoki hisobot davridagi miqdori olinadi. 
Bu usulning mohiyatini aniq amaliy misolda yaqqolroq ko‘rish mumkin. Masalan, 
fermer xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulot (bug‘doy), yalpi hosili (YaH) natija 
ko‘rsatkichi deb olinsa, uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar bevosita ekin 
maydonining miqdori (M) va o‘rtacha hosildorlik (H) hisoblanadi. Demak, natija 
ko‘rsatkichi bilan unga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagi 
ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
YaH = M × H, (5.4) 
Ko‘rsatkichlar farqi usuli bilan ushbu formuladagi omillarning ta’sirini 
aniqlaydigan bo‘lsak, birinchi omil, ya’ni ekin maydoni miqdorining (∆M) olingan 
yalpi hosil miqdoriga ta’sirini hisoblash uchun shu omilning farqini ikkinchi omil, 
ya’ni o‘rtacha hosildorlikning o‘tgan yildagi ko‘rsatkichiga ko‘paytirish kerak. 
Ya’ni: 
±∆YaH
m
= (M
1
– M
0
) × H

Ikkinchi omil, ya’ni o‘rtacha hosildorlikning (∆H) olingan yalpi hosil hajmi 
o‘zgarishiga ta’sirini topish uchun shu omilning farqi birinchi omilning, ya’ni ekin 
maydoni miqdorining hisobot yilidagi miqdoriga ko‘paytirish lozim. Ya’ni: 
±∆YaH
h
= (H
1
– H
0
) × M
1
Shuni ta’kidlash lozimki, yuqoridagi omillar ta’sirining yig‘indisi natijaning 
umumiy farqiga teng bo‘lishi lozim: 
±∆YAH = (±∆YAH
m
) + (±∆YAH
h

Yuqoridagi bog‘lanishlarni aniq amaliy misollar yordamida ko‘rib chiqish 


95 
mumkin (5.4-jadval). Bu esa, tavsiya qilinayotgan nazariy hisob-kitoblarning 
amaliyotga qo‘llanilishidan ham dalolat beradi.

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin