213
ming so‘mi yoki 93 foizi mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lariga,
16423 ming so‘mi yoki 2 foizi xodimlarga to‘langan pul mablag‘lari hisobiga,
qolgan 29681 ming so‘mi yoki 5 foizi operasion faoliyat bo‘yicha boshqa pulli
to‘lovlar uchun sarf qilinganligini ko‘rishimiz mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, fermer xo‘jaligida operasion faoliyat
bo‘yicha pul mablag‘larining sof kirimi 44518 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib,
bu ko‘rsatkich umumiy tushumning 7 % ni tashkil etadi. Albatta, fermer xo‘jaligi
uchun bunday natijani ijobiy holat sifatida baholash mumkin. Shunday bo‘lsada,
fermer xo‘jaligi rahbariyati operasion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari sof kirimi
hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘rishi lozim deb hisoblaymiz. Chunki, mazkur
faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari sof kirimining ko‘payishi kelgusida fermer
xo‘jaligi moliyaviy holatining barqarorligiga va to‘lov qobiliyatining
yaxshilanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: