4.3. Moliyaviy tahlil natijalarini rasmiylashtirish
Iqtisodchi olimlar A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov va N.F.Ishonqulovlar
“Odatda tahlil ma’lumotlari va ularning natijalari uni kim va nima maqsadda
o‘tkazilganligiga qarab, turli shaklda umumlashtirilishi mumkin”
28
deb ta’kidlaydi.
Ularning fikriga ko‘ra tahlil natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi
tahlilni o‘tkazganligimizga qarab bajariladi. Agarda korxonalarning yillik hisoboti
asosida o‘tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy xulosalar yozish va yuqori
tashkilotlarga tushuntirish xati tuzish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi boshqa
tahlillarning natijalari esa mutaxassislarning ma’ruzasi, korxona rahbarining
buyrug‘i, jamoaning majlis bayoni, taftish komissiyasining dalolatnomalari orqali
umumlashtirilishi mumkin.
Iqtisodchi olimlar M.Q.Pardaev, J.I.Isroilov va B.I.Isroilovlar
29
korxona yoki
uning bo‘limlari faoliyati bo‘yicha qilingan analitik tadqiqotlarning turli xil
natijalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi, deb ta’kidlagan holda tahlil
28
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F Moliyaviy va boshqaruv tahlili. T.: «Sharq», 2005. - 68 b.
29
Pardaev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil: O‘quv qo‘llanma. –T, 2017. -108 b.
79
natijalari hujjatlari tarkibini quyidagicha ko‘rsatib o‘tishgan:
-
tushuntirish;
-
ma’lumotnoma;
-
xulosa.
Ushbu iqtisodchi olimlarning fikrlarini e’tirof etgan holda shuni aytish
mumkinki, ular tomonidan tahlil natijalarini rasmiylashtirish tartibi xo‘jalik
yurituvchi subyekt faoliyati natijalari ma’lumotlaridan tashqi foydalanuvchilar
foydalanishi nazarda tutilgan holda tarkiblangan. Uylaymizki, bunday tartibda
tahlil natijalarining rasmiylashtirilishi, undan foydalanuvchida to‘liq tassavur
shakllanishini ta’minlamaydi. Ya’ni, tahlil natijalaridan foydalanuvchi uni oddiy
tushuntirish yoki ma’lumotnoma sifatida qaraydi. Bu esa, tahlil natijalari
umumlashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatning yuridik ahamiyatini
pasaytiradi.
Fikrimizcha, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy tahlilni tashkil etish
va o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan reja va dasturda belgilangan vazifalar
bajarilgandan so‘ng olingan natijalar umumlashtirib, xulosa va takliflar
shakllantirilgan holda hisobot shaklida rasmiylashtirilishi lozim deb hisoblaymiz.
Moliyaviy tahlil natijalari rasmiylashtirilgan hisobot shakli uch qismdan
tashkil topadi (4.3-jadval).
Shuni ta’kidlab o‘tish kerak-ki, moliyaviy tahlil natijalari to‘g‘risidagi
hisobot tushunarli, ilmiy asoslangan, sodda va ravon, analitik jadvallar, grafiklar va
diagrammalar bilan bog‘langan holda bayon etilishi zarur. O‘z navbatida u xo‘jalik
yurituvchi subyekt rahbariga taqdim etiladi va subyekt kengashida muhokama
qilinib, bayonnoma orqali tasdiqlanadi. Bu esa, hisobotning yuridik ahamiyatini
yanada oshiradi. Moliyaviy tahlil natijalarining bunday tartibda rasmiylashtirilishi
axborotdan foydalanuvchida to‘liq tahlil natijalari to‘g‘risida ma’lumotga ega
bo‘lish orqali obyektiv baholash va kelgusida faoliyat samaradorligini oshirish
imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beradi.
|