R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Korrelyasion-regression tahlil usuli va uni tahlilda qo‘llash tartibi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

5.3.3. Korrelyasion-regression tahlil usuli va uni tahlilda qo‘llash tartibi 
Ma’lumki, iqtisodiy-matematik usullar vujudga kelgan yoki rejalashtirilgan 
iqtisodiy sharoitlarda belgilangan boshqaruv qarorlarini tahlil qilish va eng maqbul 
variantni tanlash uchun qo‘llaniladi. 
Iqtisodiy-matematik usullardan tahlilda keng qo‘llaniladigani korrelyasion-
regression tahlil usulidir. Mazkur usul funksional ravishda bir-biri bilan 
bog‘lanmagan ko‘rsatkichlar orasidagi o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishda 
qo‘llaniladi. Ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik mavjud 
bo‘lganda korrelyasiya koeffitsiyenti va egri chiziqli bog‘liqlik mavjud bo‘lsa 
korrelyasiya munosabatlari bilan o‘lchanadi. 
Ushbu usulni qo‘yidagi shartli misol orqali tahlilda qo‘llash tartibini ko‘rib 
chiqamiz. Aytaylik, ikkita iqtisodiy ko‘rsatkichlar qatori mavjud. Ya’ni, ikki 
turdagi mahsulot rentabelligi (%) ko‘rsatkichi: 
-
sutishlab chiqarish renbatelligi; 
-
gusht ishlab chiqarish rentabelligi. 
Ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik zichligini aniqlash va regressiya 
tenglamasini tuzish lozim. 
5.8-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, birinchi navbatda ko‘rsatkichlar 
o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik zichligini aniqlash uchun o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar 
orasida chiziqli bog‘liqlik mavjud degan farazda korrelyasiya koeffitsiyenti 
aniqlanadi. Buning uchun quyidagi ketma-ketlikdagi hisob-kitoblarni amalga 
oshirish lozim. 
Dastlab, har bir mahsulot turi bo‘yicha o‘rtacha rentabellik ko‘rsatkichi 
aniqlanishi zarur. Uni quyidagicha hisob-kitob qilish orqali aniqlaymiz: 
x

Σ
x
i
: n = 95,8 : 6 = 16,0 %; 
y = 
Σ
y
i
: n = 88,7 : 6 = 14,8 %. 


104 
5.8-jadval 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin