5.7-jadval “Sharq” fermer xo‘jaligida sut ishlab chiqarish hajmining omilli tahlili uchun birlamchi ma’lumotlar №
Ko‘rsatkichlar
O‘tgan yil
Hisobot yili
O‘zgarishi (+;-)
1
Sigirlar bosh soni, bosh (B)
1400
1380
-20
2
Mahsuldorlik, s (M)
30
32
+2
3
Yalpi sut miqdori, s (YaS=B×M)
42000
44160
+2160
5.7-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida o‘tgan
yili olingan yalpi sut miqdori 42000 sentnerni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich
hisobot yilida 44160 sentnerga teng bo‘lgan. Demak, fermer xo‘jaligida yalpi sut
miqdori hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 2160 sentner ko‘paygan.
“Sharq” fermer xo‘jaligida yalpi sut miqdorining bunday o‘zgarishiga ikki
omil, ya’ni sigirlar bosh sonining o‘zgarishi va mahsuldorlik darajasining
o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ularning ta’sir darajalarini “Logarifmlash usuli”
yordamida quyidagicha hisob-kitob qilinadi:
-
birinchi omil, ya’ni sigirlar bosh soni (B
1
– B
0
) o‘zgarishining ta’siri
quyidagicha aniqlaymiz:
∆YaS b
=
∆YaS umum x (lg (B
1
:B
0
) / lg(YaS
1
:YaS
0
))
=
= (+2160) x lg (1380:1400) / (lg (44160:42000)) = -620 s.
Hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, fermer xo‘jaligida hisobot yilida
sigirlar bosh sonining o‘tgan yilga nisbatan 20 boshga kamayishi, yalpi sut
miqdorini 620 sentnerga pasayishiga ta’sir ko‘rsatgan.
-
ikkichi omil, mahsuldorlik darajasi (M
1
– M
0
) o‘zgarishining ta’siri
quyidagi tartibda aniqlanadi:
∆YaS m
=
∆YaS umum x (lg (M
1
:M
0
) / lg(YaS
1
:YaS
0
)) =
= (+2160) x (lg(32:30) / lg(44160:42000)) = +2780 s.
Demak, fermer xo‘jaligida mahsuldorlik darajasi o‘tgan yilga nisbatan
hisobot yilida 2 sentnerga oshishi, yalpi sut miqdorini 2780 sentnerga
ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan.
Shunday qilib, yuqoridagi ikki omilning ta’siri natijasida “Sharq” fermer
xo‘jaligida hisob yilidagi yalpi sut miqdori o‘tgan yilga nisbatan
103
2160 ((-620) + 2780) sentnerga ko‘paygan. Bunday natijani fermer xo‘jaligi
uchun ijobiy holat sifatida baholash mumkin.