212
faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati”.
Demak, operasion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘larining harakati xo‘jalik
yurituvchi subyektning asosiy faoliyati bilan bog‘liq
muomalalarda yuzaga kelib,
ular quyidagicha bo‘ladi (9.2-jadval).
9.2-jadval
Operasion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati
Pul tushumlari
Pul to‘lovlari
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar uchun
xaridorlardan olingan pul tushumlari
Mol yetkazib beruvchilarga to‘lovlar
Operasion faoliyatning boshqa pul
tushumlari
Xaridorlarga va ular nomidan to‘langan pul
mablag‘lari
Operasion faoliyat bilan bog‘liq boshqa to‘lovlar
Operasion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari oqimini “Sharq” fermer
xo‘jaligi misolida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega
bo‘lindi (9.3-jadval).
9.3-jadval
“Sharq” fermer xo‘jaligida operasion faoliyat bo‘yicha pul oqimining tahlili
Ko‘rsatkichlar
Satr
Kirim
Chiqim
Summa,
ming so‘m
Salmog‘i,
%
Summa,
ming so‘m
Salmog‘i,
%
1. Mahsulot (ish, xizmat)larni
sotishdan
kelib
tushgan
pul
mablag‘lari
010
672375
100
-
-
2. Material, tovar,
ish va xizmatlar
uchun mol yetkazib beruvchilarga
to‘langan pul mablag‘lari
020
-
-
581753
93
3. Xodimlarga va ular nomidan
to‘langan pul mablag‘lari
030
-
-
16423
2
4.Operasion
faoliyat
bo‘yicha
boshqa pul tushumlari va to‘lovlari
040
-
-
29681
5
JAMI:
-
672375
100
627857
100
Operasion faoliyat bo‘yicha sof pul
kirimi yoki chiqimi
050
44518
7
-
-
9.3-jadval ma’lumotlariga ko‘ra “Sharq” fermer xo‘jaligida
operasion
faoliyat bo‘yicha pul mablag‘larining sof kirimi hisobot davrida 44518 ming
so‘mni tashkil qilgan. Fermer xo‘jaligida operasion faoliyat bo‘yicha jami pul
mablag‘larining kirimi 672375 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, u to‘liq
mahsulotlarni sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Sarflangan pul mablag‘lari esa 627857 ming so‘mni tashkil qilib, uning 581753
213
ming so‘mi yoki 93 foizi mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lariga,
16423 ming so‘mi yoki 2 foizi xodimlarga to‘langan pul mablag‘lari
hisobiga,
qolgan 29681 ming so‘mi yoki 5 foizi operasion faoliyat bo‘yicha boshqa pulli
to‘lovlar uchun sarf qilinganligini ko‘rishimiz mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, fermer xo‘jaligida operasion faoliyat
bo‘yicha pul mablag‘larining sof kirimi 44518 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib,
bu ko‘rsatkich umumiy tushumning 7 % ni tashkil etadi. Albatta, fermer xo‘jaligi
uchun bunday natijani ijobiy holat sifatida baholash mumkin. Shunday bo‘lsada,
fermer xo‘jaligi rahbariyati operasion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari sof kirimi
hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘rishi lozim deb hisoblaymiz. Chunki,
mazkur
faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari sof kirimining ko‘payishi kelgusida fermer
xo‘jaligi moliyaviy holatining barqarorligiga va to‘lov qobiliyatining
yaxshilanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: