12.5-jadval Investisiya loyihasini NPV (Net Present Value) mezoni bo‘yicha baholash NPV ni baholash mezonlari
Loyiha bo‘yicha xulosa
NPV > 0 Investisiya loyihasi kapital qo‘yish uchun jozibador,
uni rejaga kiritish mumkin
NPV < 0 NPV ko‘rsatkichi 0 dan kichik, ya’ni salbiy
bo‘lganida loyiha rad etiladi
NPV = 0 Investisiya loyihasidan foyda ham olinmaydi, zarar
ham ko‘rilmaydi.
NPV 1 > NPV 2 * Bitta obyekt bo‘yicha NPVni boshqa obyekt NPV
* si
bilan solishtirish ulardan qaysinisi foydaliroq
ekanligini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, agar
NPV>0 bo‘lsa, loyiha samarali;
NPV<0 bo‘lsa, loyiha
samarasiz;
NPV=0 bo‘lsa, loyihadan foyda ham olinmaydi, zarar ham ko‘rilmaydi.
Bir nechta investisiya loyihalari ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, ulardan eng yuqori sof
daromad keltiradiganini tanlash imkoni bo‘ladi (
NPV 1 > NPV 2 > NPV 3 va h.).
Investisiyalarni rejalashtirishda
NPV ko‘rsatkichini qo‘llashning muhim
xususiyatlaridan biri shundan iboratki, uni har xil loyihalar bo‘yicha jamlash
imkoniyati korxonaning ma’lum davr uchun butun investisiya portfelini
integral(uyg‘unlikda) baholashga imkon beradi.
Investisiyalarning ichki rentabellik normasi (Internal Rate of Return, IRR). Investisiyalarning ichki rentabellik normasi (IRR) deyilganda loyihaning
NPV ko‘rsatkichi nolga teng bo‘lgandagi diskontlash koeffitsiyenti tushuniladi: