r 2 -
f(r
2
) = -max {f(r) < 0}bo‘lgandagi diskontlash koeffitsiyentining
tabulyasiyalangan qiymati.
r 1 va
r 2 koeffitsiyentlarni o‘zaro almashtirish yo‘li bilanfunksiya «-» dan
«+» ga o‘zgargan vaziyat uchun shunga o‘xshash shartlar bajariladi.
12.6-jadval Investisiya loyihasini IRR (Internal Rate of Return) mezoni bo‘yicha baholash IRR ni baholash
mezonlari
Loyiha bo‘yicha xulosa
IRR > SS Investisiya loyihasiga sarflangan kapital o‘z qiymatidan yuqori
daromad keltiradi. Bunday loyiha foydali hisoblanadi.
IRR = SS Bunday loyihadan olingan daromad xarajatlarni to‘liq qoplaydi, lekin
foyda olinmaydi va shuning uchun ma’qullanmaydi.
IRR < SS Bunday loyihadan olingan daromad sarflangan kapitalni qoplamaydi,
ya’ni zarar ko‘riladi. Shuning uchun rad etiladi.
Investisiyalar rentabelligi ( Profitability Index, PI ) Investisiyalar samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi rentabellik (
PI ) bo‘lib, u
quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
IC PV PI
, (12.10)
Agar PI>1 bo‘lsa loyiha samarali; PI<1 bo‘lsa loyiha samarasiz; PI=1 bo‘lsa
loyihadan foyda ham olinmaydi, zarar ham ko‘rilmaydi.
Misol: Investisiya loyihalarining maqbulligini investisiyalar rentabelligi
ko‘rsatkichi bo‘yicha baholash. Korxonada 3 ta muqobil («A», «B» va «S»)
investisiya loyihalaridan qaysinisi maqbulligi masalasi ko‘rib chiqilmoqda (12.7-
jadval). Ularning amalga oshirilish muddatlari 5 yildan bo‘lib, shu davrda har yili
mos ravishda: «A» loyiha — 19 050,0 mln. so‘m, «B» loyiha — 10 795,0 mln.
so‘m va «
S » loyiha — 29 464,0 mln. so‘m doimiy daromad keltirishi
rejalashtirilgan. Loyihaning diskontlash stavkasi — 10 %. Qaysi loyiha korxona
uchun maqbul?
1>