345
hajmining o‘zgarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur ko‘rsatkich
ishchilar
sonini (I
s
), bir ishchining o‘rtacha ishlagan kunlari soniga (K
k
) va ish kunining
davomiyligiga (K
d
) ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Uni quyidagicha matematik
formula ko‘rinishida ifodalash mumkin:
IVF = I
s
× K
k
× K
d
, (15.1)
Yuqoridagi formuladan ko‘rinadiki, ish vaqti fondining o‘zgarishiga
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
-
ishchilarning o‘rtacha yillik sonining (I
C)
o‘zgarishi;
-
bir ishchining o‘rtacha ishlagan kunlari sonining (K
k
) o‘zgarishi;
-
ish kuni davomiyligining (K
d
) o‘zgarishi.
Mazkur omillarning ish vaqti fondiga ta’sirini aniqlashda zanjirli bog‘lanish
usulidan foydalanish mumkin.
Buning uchun dastlab, bazis davridagi ish vaqti
fondini har bir omil hisobiga ketma-ket almashtirib quyidagi bog‘lanish
ko‘rsatkichlari aniqlab olinadi:
1. IVF
0
= I
s0
× K
k0
× K
d0
– bazis davridagi ish vaqti fondi;
2. IVF
sh1
= I
s1
× K
k0
× K
d0
– 1-shartli ish vaqti fondi;
3. IVF
sh2
= I
s1
× K
k1
× K
d0
– 2-shartli ish vaqti fondi;
4. IVF
1
= I
s1
× K
k1
× K
d1
– hisobot davridagi ish vaqti fondi.
Ish vaqti fondining umumiy o‘zgarishi hisobot davridagi ish vaqti fondidan
bazis davridagi ish vaqti fondini chegirish orqali aniqlanadi:
±∆ IVF = (I
s1
× K
k1
× K
d1
) - (I
s0
× K
k0
× K
d0
)
Shundan so‘ng, ish vaqti fondining o‘zgarishiga omillar ta’siri hisob-kitob
qilinib aniqlanadi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
-
ishchilar sonining o‘zgarishi ish vaqti fondining o‘zgarishiga qanday ta’sir
ko‘rsatganligi aniqlash uchun 1-shartli ish vaqti fondi ko‘rsatkichidan
bazis
davridagi ko‘rsatkichni chegirish lozim:
±∆I
s
= (I
s1
× K
k0
× K
d0
) - (I
s0
× K
k0
× K
d0
)
-
bir ishchining ishlagan kishi kunlarining o‘zgarishini ish vaqti fondiga
ta’sirini aniqlash uchun 2-shartli ish vaqti fondidan 1-shartli ish vaqti fondi
346
ko‘rsatkichini chegirish kerak:
±∆K
k
= (I
s1
× K
k1
× K
d0
) - (I
s1
× K
k0
× K
d0
)
-
ish kuni davomiyligining o‘zgarishini ish vaqti fondiga ta’sirini
aniqlash
uchun hisobot davridagi ish vaqti fondidan 2-shartli ish vaqti fondi ko‘rsatkichini
chegirish lozim:
±∆K
d
= (I
s1
× K
k1
× K
d1
) - (I
s1
× K
k1
× K
d0
)
Ushbu omillarning ta’sir ko‘rsatish natijalarining yig‘indisi ish vaqti
fondining umumiy farqiga teng bo‘lishi kerak:
±∆IVF = (±∆I
C)
+ (±∆K
k
) + (±∆K
d
)
Mazkur hisob-kitoblarning amaliy isbotini “NAMUNA” mas’uliyati
cheklangan jamiyat ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi
ma’lumotlarga ega bo‘lindi (15.2-jadval).
Dostları ilə paylaş: