348
mahsulot miqdori va 1 ishchi hisobiga ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori kabi
ko‘rsatkichlar bo‘lib, ularni aniqlash tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan
(15.3-jadval).
15.3-jadval
Mehnat unumdorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi
№
Ko‘rsatkichlar
Aniqlash tartibi
Izoh
1
1 kishi-soat hisobiga
ishlab chiqarilgan
mahsulot
(Ks)
Ks = M / S
Bu yerda: M – ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori, S –
sarflangan
jami kishi-soat miqdori
Bu ko‘rsatkich 1 kishi-soat
hisobiga ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdorini ko‘rsatadi
2
1 kishi-kuni hisobiga
ishlab chiqarilgan
mahsulot
(Kk)
Kk = M / K
Bu yerda: M – ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori, K – sarflangan
jami kishi-kunlari miqdori
Bu ko‘rsatkich 1 kishi-kuni
hisobiga ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdorini ifodalaydi
3
1 ishchi hisobiga
ishlab chiqarilgan
mahsulot
(Ki)
Ki = M / Is
Bu yerda: M – ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori, Is –
ishchilar
o‘rtacha soni
Bu ko‘rsatkich bir ishchi
hisobiga ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdorini ko‘rsatadi
Mehnat unumdorligining tahlilida mazkur ko‘rsatkichlar aniqlanib, ularning
bazis yilidagi ko‘rsatkichi bilan taqqoslangan holda o‘zgarishlari aniqlanadi.
Shundan so‘ng, ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatgan omillarning ta’sir darajalari
hisob-kitob qilib o‘rganiladi. Tahlil natijalari asosida
mehnat unumdorligining
o‘zgarish sabablari va uning darajasini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.
Mehnat unumdorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni “NAMUNA” mas’uliyati
cheklangan jamiyat ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi
ma’lumotlarga ega bo‘lindi (15.4-jadval).
15.4-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “NAMUNA” mas’uliyati
cheklangan jamiyatda mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari
biznes rejaga nisbatan
haqiqatda o‘sgan. Jamiyatda biznes rejaga nisbatan bir ishchining yil davomida
ishlagan kishi-kunlari va kishi-soatlarida yo‘qotilish kuzatilganligiga qaramasdan
xodimlar soni hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining ortishi hisobiga bunday
natijalarga ega bo‘lingan. Albatta, jamiyatda mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari
darajasining o‘sishini ijobiy baholash mumkin. Biroq, tahlilda bunday o‘zgarishlar
qaysi omillarning ta’siri natijasida yuzaga kelish sabablari o‘rganilishi
lozim
bo‘ladi. Shu sababli, mehnat unumdorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri
349
ishchining bir soatlik ish unumi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
tahliliga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Dostları ilə paylaş: