357
±∆YaM
ks
= (K
s1
- K
s0
) × X
s1
= (2860 - 2500) × 202 = +72720 ming so‘m.
Tahlil natijalaridan ko‘rinadiki, “NAMUNA” mas’uliyati
cheklangan
jamiyatda ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmini ko‘paytirishning asosiy
imkoniyatlaridan biri mehnat unumdorligi darajasini oshirish hisoblanar ekan.
Yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga xodimlar soni va
mehnat unumdorligi darajasidan tashqari, ish kunining davomiyligi, bir ishchining
ishlagan kishi-kunlari va bir kishi-soat hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
kabi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur omillar bilan ham yalpi mahsulot ishlab
chiqarish hajmi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud. Ushbu bog‘liqlikni
quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin:
YaM = X
s
× U
l
× K
k
× K
d
× K
s
, (15.4)
Bu yerda: YaM –
yalpi mahsulot; X
s
– xodimlar soni; U
l
– sanoat ishlab chiqarish
xodimlari tarkibida ishchilarning ulushi; K
k
– bir ishchining yil davomida ishlagan kishi-kunlari;
K
d
– ish kunining davomiyligi; K
s
– bir kishi-soat hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi.
Yuqoridagi formuladan ko‘rinadiki, yalpi
mahsulot ishlab chiqarish
hajmining o‘zgarishiga quyidagi mehnat omillari ta’sir ko‘rsatar ekan:
-
xodimlar sonining o‘zgarishi;
-
umumiy xodimlar soni tarkibida ishchilar ulushining o‘zgarishi;
-
bir ishchining yil davomida ishlagan kishi-kunlarining o‘zgarishi;
-
ish kuni davomiyligining o‘zgarishi;
-
bir kishi-soat hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi.
Ushbu omillarning yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga
ta’sirini “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat ma’lumotlari asosida tahlil
qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (15.7-jadval).
15.7-jadval ma’lumotlaridan ko‘ra, biznes rejada yalpi mahsulot ishlab
chiqarish hajmi 500000 ming so‘m belgilangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich haqiqatda
577720 ming so‘m teng bo‘lgan. Demak, yalpi mahsulot ishlab chiqarish rejasi
77720 ming so‘m ortig‘i bilan bajarilgan. Bunday natija jamiyat faoliyati uchun
ijobiy holat hisoblanadi.