84
V BOB. MOLIYAVIY TAHLIL FANINING METODI VA UNDA
QO‘LLANILADIGAN USULLAR
5.1. Moliyaviy tahlil fanining metodi va usullarining turkumlanishi
Har bir fanning predmetini o‘rganish
usullari, vositalari uning metodini
tavsiflaydi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida metod atamasiga: “Metod [yun.
methodos –
tadqiqot usuli, yo‘li] 1. Tabiat va jamiyat hodisalarini bilish,
tadqiq
qilish usuli. 2. q. Usul, uslub”
30
deb izoh berilgan. Demak, metod tabiat va
jamiyatda sodir bo‘lgan va bo‘layotgan hodisa va jarayonlarni bilish va tadqiq qilib
o‘rganish usulidir.
Moliyaviy tahlil fanining metodi - bu uning predmetini makon va zamonda,
axborot manbalarida ifodalangan ko‘rsatkichlar
asosida tizimli, kompleks tarzda
o‘rganish, obyektning barqaror rivojlanishini ta’minlash
uchun moliyaviy
resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini aniqlash va ularni xo‘jalik
faoliyatiga jalb qilish maqsadida qo‘llaniladigan usullar majmuidir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda,
ma’lumotlarni qayta ishlashda tahlilning turli usullari qo‘llaniladi. Tahlil usullarini
qo‘llash o‘rganilayotgan jarayonlarning bir-biriga bog‘liqligi, o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar va boshqa sabablarni aniqlashga yordam beradi.
Bugungi kunda iqtisodchi olimlar o‘z asarlarida tahlilning usullarini shartli
ravishda ikki guruhga ajratib ko‘rsatishmoqda (5.1-rasm):
-
oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar;
-
iqtisodiy-matematik usullar.
Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhiga
iqtisodiy tahlil paydo
bo‘lgandan buyon an’anaga aylanib, amaliy tajribada keng qo‘llanilib kelayotgan
usullar kiritiladi. Ularning tarkibiga mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash, taqqoslash,
guruhlashtirish, balansli bog‘lanish, zanjirli bog‘lanish, ko‘rsatkichlar farqi, qayta
hisoblash, indeks va boshqa usullarni keltirish mumkin.
Iqtisodiy-matematik usullar guruhi usullari omilli tahlilda keng qo‘llaniladi.
30
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. J.II, - T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – B
582.
85
Omilli tahlilda iqtisodiy matematik usullarni qo‘llash, tahlil qilinayotgan jarayonlarning
murakkabligiga, hajmiga va o‘rganish lozim bo‘lgan vazifalariga bog‘liqdir. Shu bilan
birga mazkur usullar orqali ma’lum bir iqtisodiy hodisa va jarayonga ta’sir etuvchi
bir nechta omillarning ta’sirini aniq miqdorlarda
aniqlash imkoniyatining
mavjudligidir. Iqtisodiy-matematik usullar guruhining tarkibiga integral, korrelyasion
va
regrasion
tahlil,
logorifmlar,
determinantlar,
matrisalar,
chiziqli
programmalashtirish, nazariy o‘yin, iqtisodiy tashxis qo‘yish, funksional qiymatli
tahlil, grafikli, evrestik tahlil va boshqa usullar kiradi.
Dostları ilə paylaş: