R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  “Sharq” fermer xo‘jaligida yalpi hosil (bug‘doy) dinamikasining omilli tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

5.4-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligida yalpi hosil (bug‘doy) dinamikasining omilli tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Shartli 
belgi 
O‘tgan 
yil 
Hisobot 
yili 
Farqi 
(+;-) 
shu jumladan 
ekin 
maydoni 
hisobiga 
hosildor- 
lik hisobiga 
1 Ekin maydoni, ga 

215 
220 



2 Hosildorligi, s/ga 

40 
35 
-5 


3 Yalpi hosili, s 
YaH 
8600 
7700 
-900 
+200 
-1100 
5.4 – jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bug‘doy yalpi hosili o‘tgan 
yilga nisbatan 900 sentnerga kamaygan. Bunday o‘zgarishga quyidagi omillar 
ta’sir ko‘rsatgan: 
birinchi omil,
 
xo‘jalikda bug‘doy ekilgan ekin maydoni o‘tgan yilga 
nisbatan 5 gektarga
 
ko‘payganligi olingan yalpi hosil hajmini 200 sentnerga 
ko‘paytirgan: 
5 × 40 = + 200 s 
ikkinchi omil, o‘tgan yilga nisbatan xo‘jalikda bug‘doy hosildorligi 5 
sentnerga pasayishi olingan yalpi hosil hajmining 1100 sentnerga kamayishiga 
ta’sir ko‘rsatgan: 
-5 × 220 = - 1100 s 
Demak, yuqorida ta’kidlangandek, ikki omil ta’siri yalpi hosil hajmining 
umumiy farqiga teng bo‘lishi lozim:
+200 + (-1100) = - 900 s 
Ushbu tahlil natijalari olingan yalpi hosil hajmini oshirish bo‘yicha 
xo‘jalikda mavjud ichki imkoniyatlarni izlab topish va uni joriy qilishga doir 
kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirishga asos bo‘ladi. 
Tahlil natijalarini o‘rgangan holda shuni xulosa qilib aytish mumkinki, 
xo‘jalikda yetishtirilgan bug‘doydan olingan yalpi hosilning o‘tgan yilga nisbatan 
kamayishiga asosan o‘rtacha hosildorlikning pasayishi hisobiga bo‘lgan. Shu bois, 
fermer xo‘jaligi rahbariyati o‘rtacha hosildorlikni oshirish bo‘yicha tegishli amaliy 


96 
choralarni ko‘rishi kerak. Agarda fermer xo‘jaligida hisobot yilida ekin maydoni 5 
gektarga ko‘paymaganda edi, olingan yalpi hosil 200 sentnerga kamaygan bo‘lar 
edi. Shu bilan birga, hisobot yilida o‘rtacha hosildorlik o‘tgan yilga nisbatan 5 
sentnerga kamaymaganda edi, olingan yalpi hosil hajmi 1100 sentnerga ko‘paygan 
bo‘lar edi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin