R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Iqtisodiy-matematik usullar



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
5.3. Iqtisodiy-matematik usullar 
5.3.1. Integral usuli va uni tahlilda qo‘llanilishi 
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniq 
o‘lchangan va hisoblangan bo‘lishi lozim. Bunga integral usulini qo‘llash orqali 
erishish mumkin. Shu bois, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganish va bilish uchun 
ko‘rsatkichning o‘zgarishiga ikkita va undan ortiq omillar ta’sirini hisoblashda 
integral usulidan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Integral usulining 
ahamiyatliligi shundaki, agarda zanjirli bog‘lanish yoki ko‘rsatkichlar farqi 
usullarida omillar ketma-ketligi o‘zgarsa, ularning natija o‘zgarishiga ta’siri har xil 


99 
bo‘ladi. Bu usulda esa omillar ta’sirini hisoblashda ketma-ketlikka rioya qilishni 
talab qilmaydi. Omillarning ketma-ketligi o‘zgarishidan qat’iy nazar omillar ta’siri 
doimo bir xil, ya’ni eng muhimi to‘g‘ri topiladi. Integral usuli bilan bog‘liq tegishli 
hisob-kitoblar bir tomondan matematik tahlil asoslarini bilishni talab esa, ikkinchi 
tomondan zanjirli almashtirish usuliga nisbatan tegishli hisob-kitoblarni bajarishni 
talab etadi. O‘rganilayotgan natija ko‘rsatkichiga omillar ta’sirini hisoblashning 
turli shakllari mavjud bo‘lib, agarda natijaga ikkita omil ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lsa, 
u holda natijaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bog‘liqligi quyidagi matematik formula 
ko‘rinishida bo‘ladi: 
U = X
1
× X
2
, (5.6) 
Demak, o‘rganilayotgan natijaga ikkita omil ta’sir ko‘rsatarkan va bu 
omillarning ta’sir darajalari integral usulida quyidagi tartibda o‘rganiladi: 
-
o‘rganilayotgan natijaning o‘zgarishiga birinchi omilning ta’siri quyidagicha 
aniqlanadi: 
±∆Ux
1
= (X
2
0
× ∆X
1
) + ((∆X
1
× ∆X
2
) / 2); 
-
natija o‘zgarishiga ikkinchi omilning ta’siri esa quyidagicha aniqlanadi: 
±∆Ux
2
= (X
1
0
× ∆X
2
)+ ((∆X
1
× ∆X
2
) / 2). 
Aniqlangan bu ikki ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning yig‘indisi o‘rganilayotgan 
natijaning umumiy farqiga teng bo‘lishi lozim. 
Yuqoridagi tavsiya qilinayotgan nazariy hisob-kitoblarning amaliyotga 
qo‘llanilishini aniq amaliy misol yordamida ko‘rsatib o‘tamiz. Aytaylik, fermer 
xo‘jaligida mahsulotlar (bug‘doy)ni sotishdan olingan pul daromadi hajmining 
o‘sishi yoki kamayishiga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirini, ya’ni sotilgan mahsulot 
miqdori va bir-birlik mahsulotning o‘rtacha sotish bahosining ta’sirini integral 
usulidan foydalanib aniqlashimiz mumkin (5.6-jadval). 
5.6-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, fermer xo‘jaligida hisobot 
yilida jami bug‘doy sotishdan olingan pul tushumi o‘tgan yilga nisbatan 5330 ming 
so‘mga ko‘paygan. Pul tushumining o‘tgan yilga nisbatan oshishiga quyidagi 
omillar ta’sir ko‘rsatgan, ya’ni: 


100 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin