5.3.2. Logarifmlash usuli va uni tahlilda qo‘llashning afzalliklari Logarifmlash usuli asosan multiplikativ modellarda aniqlangan natija
ko‘rsatkichiga omillar ta’sirini aniqlashda qo‘llanadiladi. Bu usulda ham hisob-
kitob natijasi omillarning modelda joylashuviga bog‘liq emas. Shu bilan birga,
boshqa usullarga qaraganda omillar ta’sirini aniqroq hisoblash imkoniyatini
ta’minlaydi. Ushbu usulning asosiy kamchiligi uni qo‘llash sohasi
cheklanganligidadir.
Logarifmlash usulida ko‘rsatkichlarning mutlaq o‘sishi emas, balki ularning
o‘sish (yoki pasayish) indeksi qo‘llaniladi. Masalan, natija ko‘rsatkichi z ikki omil,
ya’ni x va y omillarning ko‘paytmasining hosilasi ko‘rinishida (z=x×y)
aniqlanadigan bo‘lsa, ushbu usul yordamida natija ko‘rsatkichining o‘zgarishiga
omillar ta’sirini quyidagicha aniqlaymiz. Ya’ni, tenglikning ikkala qismini
logarifmlash orqali quyidagi hisob-kitoblar aniqlanadi:
z=x× y
Tenglikning ikkala qismini logarifmlash orqali quyidagini hosil qilamiz:
lgz=lgx + lgy
lg∆z=lgz
1
- lgz
0
= (lgx
1
- lgx
0
) + (lgy
1
- lgy
0
)
Ko‘rsatkichlar o‘zgarishlari indekslari o‘rtasida ham ko‘rsatkichlarning
o‘zi o‘rtasidagi bog‘lanish saqlanishi hisobga olgan holda ularning mutlaq
qiymatlarini indeksga aylantiramiz:
lg(z
1
: z
0
) = lg(x
1
: x
0
) + lg(y
1
: y
0
)
lgz
1
= lgx
1
+ lgy
1
; lgz
0
= lgx
0
+ lgy
0
.
z natija ko‘rsatkichining o‘zgarishi x va u omillarning ta’siri quyidagicha aniqlanadi:
x
∆z
x
= ∆z
umum
lg(x
1
: x
0
)
lg(z
1
: z
0
)
y
∆z
y
= ∆z
umum
lg(y
1
: y
0
)
lg(z
1
: z
0
)
Endi, quyidagi “Sharq” fermer xo‘jaligi ma’lumotlari asosida sut ishlab
chiqarish hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni logarfimlash
usuli yordamida tahlil qilib o‘rganamiz (5.7-jadval).