5.3.3. Korrelyasion-regression tahlil usuli va uni tahlilda qo‘llash tartibi Ma’lumki, iqtisodiy-matematik usullar vujudga kelgan yoki rejalashtirilgan
iqtisodiy sharoitlarda belgilangan boshqaruv qarorlarini tahlil qilish va eng maqbul
variantni tanlash uchun qo‘llaniladi.
Iqtisodiy-matematik usullardan tahlilda keng qo‘llaniladigani korrelyasion-
regression tahlil usulidir. Mazkur usul funksional ravishda bir-biri bilan
bog‘lanmagan ko‘rsatkichlar orasidagi o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishda
qo‘llaniladi. Ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik mavjud
bo‘lganda korrelyasiya koeffitsiyenti va egri chiziqli bog‘liqlik mavjud bo‘lsa
korrelyasiya munosabatlari bilan o‘lchanadi.
Ushbu usulni qo‘yidagi shartli misol orqali tahlilda qo‘llash tartibini ko‘rib
chiqamiz. Aytaylik, ikkita iqtisodiy ko‘rsatkichlar qatori mavjud. Ya’ni, ikki
turdagi mahsulot rentabelligi (%) ko‘rsatkichi:
-
sutishlab chiqarish renbatelligi;
-
gusht ishlab chiqarish rentabelligi.
Ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik zichligini aniqlash va regressiya
tenglamasini tuzish lozim.
5.8-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, birinchi navbatda ko‘rsatkichlar
o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik zichligini aniqlash uchun o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar
orasida chiziqli bog‘liqlik mavjud degan farazda korrelyasiya koeffitsiyenti
aniqlanadi. Buning uchun quyidagi ketma-ketlikdagi hisob-kitoblarni amalga
oshirish lozim.
Dastlab, har bir mahsulot turi bo‘yicha o‘rtacha rentabellik ko‘rsatkichi
aniqlanishi zarur. Uni quyidagicha hisob-kitob qilish orqali aniqlaymiz:
x =
Σ
x i : n = 95,8 : 6 = 16,0 %;
y =
Σ
y i : n = 88,7 : 6 = 14,8 %.