109
5.4.2. Gorizontal va vertikal tahlil
Bugungi kunda iqtisodiyotning rivojlanishi va islohotlarning tobora
chuqurlashib borishi har bir iqtisodiy jarayonni chuqur tahlil qilishni taqozo
qilmoqda. Chunki, har bir tadbirkorlik subyektining asosiy maqsadi o‘z mulkini
ko‘paytirish va ko‘proq foyda olishdan iborat. Buning uchun xo‘jalik subyekti
to‘g‘ri boshqaruv qarorlari qabul qilishi, tadbirkorlik, izchillik, oldindan ko‘ra
bilishi va oqilona ish yuritishi lozim. Bu esa, o‘z navbatida tadbirkorlik
subyektlarini
mulki,
kapitali,
majburiyatlarining
umumiy
va
tarkibiy
o‘zgarishlarini tahlil qilib o‘rgangan holda xolisona baho berishni talab etadi.
Mazkur vazifalar moliyaviy tahlilda gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda tahlil
qilish orqali amalga oshiriladi. Bunday tahlilda moliyaviy hisobotning
«Buxgalteriya balansi» (1-shakl) asosiy axborot manbai hisoblanadi.
Buxgalteriya balansini gorizontal va vertikal tahlil qilish I.T.Abdukarimov,
M.Q.Pardaev,
J.I.Isroilov,
B.I.Isroilov,
E.A.Akramov,
A.V.Vahobov,
A.T.Ibrohimov, N.F.Ishonqulov va M.Yu.Raximovlarning ilmiy va o‘quv-uslubiy
asarlarida o‘rganilgan. Jumladan, iqtisodchi olimlar M.Q.Pardaev, J.I.Isroilov va
B.I.Isroilovlar gorizontal va vertikal tahlilni iqtisodiy tahlilning asosiy shakllari
sifatida ko‘rsatgan holda quyidagicha:
“Gorizontal tahlil – hisobot davrini o‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan
solishtirish”
31
tahlilidir hamda “Vertikal tahlil – tarkibiy tahlil. Tahlil qilinayotgan
obyektni barcha qismlari bo‘yicha o‘rganiladi”
32
deb ta’kidlab o‘tganlar.
Iqtisodchi
olim
E.A.Akramov
fikricha
“Moliyaviy
tahlilning
yo‘naltirilganlik nuqtai nazardan moliyaviy tahlil quyidagi shakllarda o‘tkazilishi
mumkin:
- gorizontal tahlilda hisobot davridagi moliyaviy holatni ifodalovchi
ko‘rsatkichlar o‘tgan davr bilan taqqoslanadi, ya’ni bu ko‘rsatkichlarning
dinamikasi aniqlanadi;
- vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo‘lgan ko‘rsatkichlarning
31
Pardaev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil: O‘quv qo‘llanma. –T, 2017. 37 b.
32
Pardaev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil: O‘quv qo‘llanma. –T, 2017. 37 b.
110
tarkibiy-tuzilmasi o‘rganiladi. Masalan, korxona mablag‘larining yoki ularni
qoplovchi manbalarining hisobot davridagi tarkibi va uni o‘tgan davrga nisbatan
o‘zgarishi ifodalanadi”
33
.
Ushbu iqtisodchi olimning fikrining iqtisodchi olimlar M.Q.Pardaev,
J.I.Isroilov va B.I.Isroilovlar tomonidan bildirilgan fikrdan farqli jihatini
taqqoslash bazasi bo‘yicha ko‘rish mumkin. M.Q.Pardaev, J.I.Isroilov va
B.I.Isroilovlar hisobot davri ko‘rsatkichlarini o‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan
taqqoslasa, E.A.Akramov tomonidan uning dinamik yoki bazis davriga nisbatan
o‘zgarishlarini taqqoslashga e’tibor qaratilgan. Fikrimizcha, dinamik tahlil
gorizontal tahlildan alohida farqlanadi. Bu farqlanish M.Q.Pardaev, J.I.Isroilov va
B.I.Isroilovlar tomonidan ham alohida tarkiblantirilgan, biroq ularni o‘tkazish
tartibi amaliy misollar yordamida to‘liq ochib berilmagan.
Iqtisodchi olimlar A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov va N.F.Ishonqulov
34
lar
gorizontal va vertikal tahlil yuzasidan E.A.Akramov tomonidan bildirilgan fikrni
to‘liq takrorlaydi.
Buxgalteriya balansining gorizontal va vertikal tahlili bo‘yicha iqtisodchi
olim M.Yu.Raximov tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni alohida e’tirof etish
mumkin. Uning fikriga ko‘ra “Moliyaviy hisobotni gorizontal tahlili deganda –
moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini mutloq va nisbiy ifodalarda, hisobot
davri boshiga yoki o‘tgan yilga nisbatan qiyosiy o‘rganishga aytiladi.
Vertikal tahlil deganda – moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini
mutloq va nisbiy ifodalarda tarkibiy o‘rganishga aytiladi”
35
.
Ushbu iqtisodchi olim o‘z fikrini amaliy misollar yordamida asoslashga
harakat qilgan, biroq gorizontal va vertikal tahlil turlarini bir-biridan ajratmagan
holda ko‘rsatilishi natijasida ular o‘rtasidagi farq sezilmaydi. Bu esa, o‘quvchida
gorizontal va vertikal tahlilni farqlay olmaslik, ular faqat gorizontal (yonlamasiga)
va vertikal (bo‘ylamasiga) tahlil qilish demakdir degan tushunchaning hosil
33
Akramov E.A. Korxonalarning moliyaviy holati tahlili. O‘quv qo‘llanma. – T., 2007. 16 b.
34
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F. Moliyaviy va boshqaruv tahlili: Darslik. –T.: “Sharq”, 2005. -
195 b.
35
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. – T.: “Iqtisod - moliya”, 2013. -122 b.
111
bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Fikrimizcha, buxgalteriya balansini gorizontal tahlil qilish – bu buxgalteriya
balansi ko‘rsatkichlarining o‘rganilayotgan davrda o‘sish (pasayish) sur’atlarini
baholashdan iborat. Gorizontal tahlil uchun mutloq ko‘rsatkichlar nisbiy
ko‘rsatkichlarga aylantiriladi. Buning uchun balans aktiv va passivining har bir
moddasi hisobot davri boshiga 100 % deb olinadi, shundan kelib chiqqan holda har
bir moddani hisobot davri oxiriga o‘zgarishi hisoblab chiqariladi.
Vertikal tahlilning imkoniyati esa buxgalteriya balansining tarkibiy
elementlari orqali tahlil qilishni ta’minlashdan iborat. Ya’ni, vertikal tahlil
natijalarini o‘rganish balans har bir moddasining umumiy summadagi ulushini
bilish, mablag‘lar va ular manbalarining tuzilmasini hamda ularda sodir bo‘lgan
o‘zgarishlarni aniqlashga imkon beradi. Shunday qilib, buxgalteriya balansining
vertikal tahlili balans aktivi va passivining u yoki bu guruhlarining umumiy
summadagi ulushlarini aniqlashdan iborat ekan.
Shu o‘rinda buxgalteriya balansini gorizontal va vertikal tahlili qanday
o‘tkazilishiga amaliy ma’lumotlar asosida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Birinchi
navbatda
buxgalteriya
balansining
gorizontal
tahlilini
keltirib
o‘tamiz
(5.11-jadval).
5.11-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, balans umumiy summasi yil boshiga
(132870839 ming so‘m) nisbatan yil oxirida (196149323 ming so‘m) 147,6 foizga
ko‘paygan.
Balans aktiv moddalari tarkibida uzoq muddatli aktivlar yil boshiga nisbatan
81 foizga ko‘paygan. Bunga yil boshiga nisbatan uzoq muddatli investisiyalarning
765 foizga oshishi ta’sir ko‘rsatgan. Joriy aktivlar esa yil boshiga nisbatan 29,5
foizga ko‘paygan. Bunday natija yil boshiga nisbatan tovar-moddiy zaxiralarning
196 foizga, debitor qarzlarning 363,5 foizga va pul mablag‘larining 765,3 foizga
oshishi hisobiga yuzaga kelgan.
|