119
koeffitsiyenti.”
41
Yuqoridagi ikki guruh iqtisodchi olimlar tomonidan ham moliyaviy tahlilda
o‘rganiladigan moliyaviy koeffitsiyent ko‘rsatkichlari
sifatida aynan shu
ko‘rsatkichlardan foydalanish lozimligi va ular qo‘llashning mantiqiy ketma-ketligi
ko‘rsatib berilmagan.
Iqtisodchi olim M.Yu.Raximov “Korxona faoliyatiga baho berishda mutlaq
ifodalar moliyaviy holatning barcha qirralarini ochib bera olmaydi.
Shu sababli
ko‘p hollarda nisbiy ifodalardan ham foydalaniladi.
Nisbiy ifodalar fanda moliyaviy koeffitsiyentlar deb nomlanib ularning har
biri korxona moliyaviy holatining muhim jihatlarini o‘zida
ifoda etishi bilan
farqlanadi”
42
deb izohlagan holda “Moliyaviy koeffitsiyentlarning, odatda tarkibiy
va muvofiqlashtiruvchi turlari xarakterlanadi. Tarkibiy moliyaviy koeffitsiyentlar
bir xil asosli jamlangan qatorlarda birlik qatorlarning salmog‘ini harakterlasa,
muvofiqlashtiruvchi koeffitsiyentlar esa har xil asosli ko‘rsatkichlarni o‘zaro
nisbatlash orqali hisoblanadi”
43
deya ta’kidlab o‘tgan.
Ushbu iqtisodchi olim tomonidan bayon qilingan fikrlarning e’tiborga
loyiqligini ta’kidlagan
holda shuni aytish mumkin-ki, iqtisodchi olim moliyaviy
koeffitsiyentlarni ikki guruhga ajralishi va nima sababdan
bunday nomlanishi va
qanday aniqlanish tartibiga to‘xtalgan holda to‘liq tushuntirish berib o‘tgan. Biroq,
fikrimizcha ikkinchi guruh moliyaviy koeffitsiyentlarini muvofiqlashtiruvchi
koeffitsiyentlari deb emas, balki nisbat koeffitsiyentlari deb nomlanishi maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Chunki, iqtisodchi olim tomonidan ham o‘zaro nisbatlash
orqali hisoblanadi deb ta’kidlanmoqda.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarga asoslangan
holda shuni aytish mumkinki,
moliyaviy koeffitsiyentlar tahlilida koeffitsiyentlar ikki guruhga bo‘lingan holda
tasniflanadi (5.4-rasm).
41
Qudratov T, Fayzieva N. Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati. Darslik. – T.: “Voris-nashriyot”, 2012. –
134 b.
42
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. – T.: “Iqtisod - moliya”, 2013. - 50 b.
43
Shu yerda