98
ko‘payishga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ularning ta’sir darajalari
quyidagicha bo‘lgan:
-
birinchi omil, asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘tgan
yilga
nisbatan 13837 ming so‘mga ko‘payishi yalpi mahsulot hajmining 15470 ming
so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan:
668820 - 653350 = + 15470 ming so‘m
-
ikkinchi omil, asosiy vositalar samaradorligi (fond qaytimi)ning hisobot
yilida o‘tgan yilga nisbatan 712 so‘mga kamayganligi
olingan yalpi mahsulot
hajmini 14472 ming so‘mga oshirgan:
668820 - 683292 = + 14472 ming so‘m
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, agarda asosiy vositalar samaradorligini
hisobot davrida hech bo‘lmaganda o‘tgan yil hajmida qolganda edi, yalpi mahsulot
yana 72617,6 ming so‘mga (0,712×101991) ko‘paygan bo‘lar edi. U holda hisobot
yilidagi haqiqiy yalpi mahsulot hajmi 683292 ming so‘m emas, balki 755909,6
ming so‘mni (683292 + 72617,6) tashkil qilgan bo‘lar edi.
Shuningdek, yalpi
mahsulot hajmi o‘tgan yilga nisbatan 104,6 % ga emas, balki 116 %
ga oshgan
bo‘lar edi.
Xulosa qilib aytganda, tahlilda qayta hisoblash usulidan foydalanish natijaga
omillar ta’sirini aniqlash va natija ko‘rsatkichini yanada yaxshilash bo‘yicha
mavjud bo‘lgan ichki rezervlarni aniqlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: