88
yo‘qotishlar hamda yil oxiriga qoldiqlarini o‘rganmasdan turib hisob-kitob qilish
aniq natijani ta’minlab bermaydi. Bu bog‘liqlikni quyidagicha matematik formula
(tovar balansi) ko‘rinishida ifodalash mumkin:
TZ
yb
+ TK = TS + TCh + TZ
yo
, (5.1)
Bunda: TZ
yb
– yil boshiga tovar zaxiralari qoldig‘i; TK – tovarlar kirimi; TS – tovarlar
sotilishi; TCh – tovarlarning boshqa sabablar bilan chiqib ketishi; TZ
yo
–
yil oxiriga tovar
zaxiralari qoldig‘i.
Yuqoridagi formulaga asosan har bir miqdorni qolganlarining algebraik
yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Masalan, sotilgan tovarlarning hajmini
quyidagi funksional bog‘liqlikda ifodalash mumkin:
TS = TZ
yb
+ TK – TCh -TZ
yo
, (5.2)
Bu formuladan ko‘rinadiki, sotilgan tovarlar hajmiga to‘rtta omil ta’sir
ko‘rsatar ekan. Bunga yil boshiga tovar zaxiralari qoldig‘i va tovarlar kirimi ijobiy
ta’sir ko‘rsasa, tovarlarning har xil chiqimlari va tovar zaxiralarining yil oxiridagi
qoldiq summasining ko‘payishi natijaga salbiy ta’sir qiladi.
Yuqoridagi
omillarning sotilgan tovarlar hajmiga ta’siri har bir omil bo‘yicha quyidagicha
aniqlanadi:
birinchidan,
tovarlarning yil boshidagi qoldig‘i o‘zgarishining sotilgan
tovarlar hajmiga ta’siri (∆TZ
yb
) ni topish uchun tovar
zaxiralarining hisobot
yilidagi miqdoridan, shu ko‘rsatkichning o‘tgan yildagi miqdorini ayirish lozim,
ya’ni:
±∆TZ
yb
= TZ
yb1
– TZ
yb0
Dostları ilə paylaş: