125
II BO‘LIM. MOLIYAVIY TAHLIL
VI BOB. KORXONANING MOLIYAVIY HOLATINI TAHLILI
6.1. Korxona moliyaviy holatini o‘rganishning ahamiyati, tahlil maqsadi,
vazifalari va axborot manbalari
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar
strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish
va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish
bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash korxonalar moliyaviy
holati tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi. Chunki,
korxona moliyaviy
faoliyatini tahlil qilish orqali moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatiga jalb etilmagan
resurslarni o‘z vaqtida aniqlab, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha mavjud
imkoniyatlarni aniqlash imkonini beradi.
Korxona moliyaviy holati bu keng ko‘rsatkichlar yordamida,
kompleks
usullaridan foydalanib, korxonalarning moliyaviy resurslari mavjudligi, holati,
joylashganligi va ulardan foydalanish darajasini, ishlab chiqarish va xo‘jalik
omillarining
harakati, ularning o‘zaro aloqadorlik natijasini, xo‘jalik faoliyati
uchun zarur bo‘lgan moliyaviy rusurslar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali
foydalanishni hamda boshqa xo‘jalik subyektlari bilan o‘zaro aloqalarini
ifodalaydi.
Korxona moliyaviy holati tahlilining maqsadi bo‘lib, korxona moliyaviy
ahvolini har tomonlama o‘rganib, mablag‘lari va ularning manbalarini joylashishi,
o‘zaro hisob-kitoblarning o‘z muddatida bajarilishi va moliyaviy intizomga
qanchalik amal qilinganligini aniqlab, mablag‘lardan yanada to‘g‘ri foydalangan
holda hisob-kitob tartibini mustahkamlash hamda moliyaviy
ahvolini yaxshilash
bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan
kelib chiqqan holda korxona moliyaviy holati tahlilining asosiy vazifalari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
- korxonaning moliyaviy ahvolini har tomonlama o‘rganib, uning holatiga
126
aniq va xolisona baho berish;
- mablag‘ va manbalarning joylashishini tekshirish, ularni to‘g‘ri yo‘nalishda
ishlatilganligini aniqlash;
- hisoblashish ishlarining o‘z muddatida bajarilganligi,
debitorlik va
kreditorlik qarzlari tarkibini o‘rganish;
- korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘lari bilan qarz mablag‘lari o‘rtasidagi
nisbat va aylanma mablag‘larni o‘z mablag‘lari manbalari bilan ta’minlanganligini
o‘rganish;
- moliyaviy intizomga amal qilishini aniqlash va to‘lov qobiliyatiga baho
berish;
- korxonaning mol-mulk va mablag‘lar harakatchanlik darajasini o‘rganish;
- aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish holatiga baho berish va
korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar
ishlab chiqish.
Mazkur vazifalarning bajarilishi korxona moliyaviy holatini har tomonlama
o‘rgangan holda uning holatiga aniq va xolisona baho berish imkonini beradi.
Korxonaning moliyaviy holati tahlilini asosiy axborot manbalari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
-
buxgalteriya balansi (1-shakl);
-
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl);
-
pul oqimlari haqidagi hisobot (4-shakl);
-
xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot (5-shakl);
-
buxgalteriya hisobining tegishli sintetik va analitik schetlari ma’lumotlari.
Dostları ilə paylaş: