128
mablag‘lari, boshqa pul mablag‘lari va ekvivalentlar), qisqa muddatli investisiyalar
va boshqa joriy aktivlardan iborat.
O‘z navbatida buxgalteriya balansining passiv qismi ham ikki bo‘limdan
iborat:
-
buxgalteriya
balansi
passiv
qismining
birinchi
bo‘limi
“
O‘z mablag‘lari manbalari”
deb
nomlanib, bunda ustav kapitali, qo‘shilgan
kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan
foyda yoki qoplanmagan zarar,
maqsadli tushumlar hamda kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun rezervlar
aks ettiriladi.
-
buxgalteriya
balansi
passiv
qismining
ikkinchi
bo‘limi
esa
“Majburiyatlar”
deb nomlanib, u uzoq muddatli va joriy majburiyatlarga bo‘lib
o‘rganiladi. Uzoq muddatli majburiyatlarga uzoq muddatli bank kreditlari, uzoq
muddatli qarzlar va shu kabi uzoq muddatli majburiyatlar kiritiladi.
Joriy majburiyatlar tarkibiga: mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
to‘lanadigan
schyotlar, alohida bo‘linmalardan qarz, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlaridan qarzlar, muddati kechiktirilgan daromadlar, soliqlar va majburiy
to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan (kechiktirilgan)
majburiyatlar, muddati o‘tgan
(kechiktirilgan) boshqa majburiyatlar, olingan avanslar, byudjetga to‘lovlar
bo‘yicha qarzlar, sug‘urtalash bo‘yicha qarzlar,
davlatning maqsadli
jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar, ta’sischilarga qarzlar, mehnatga haq
to‘lash bo‘yicha qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari,
qisqa muddatli qarzlar,
uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari kiradi.
Moliyaviy tahlilda birinchi navbatda buxgalteriya balansi ma’lumotlari
asosida korxonaning moliyaviy holatiga umumiy baho beriladi. Buning uchun
buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismlarining moddalari tarkibi va tarkibiy
tuzilishi hamda ularning o‘zgarishi tahlil qilib o‘rganiladi. Ya’ni,
moliyaviy
tahlilda buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlari moddalari, ulardagi
umumiy va tarkibiy o‘zgarishlar har bir qism bo‘yicha alohida o‘rganiladi.
Moliyaviy tahlil usullaridan foydalanilgan holda
buxgalteriya balansi aktiv
129
qismining har bir bo‘limi va moddasi bo‘yicha yil oxiridagi summasini yil
boshidagi summasiga, passiv qismining ham har bir bo‘limi va moddasi bo‘yicha
yil oxiridagi summasini yil boshidagi summasiga solishtirib, tarkibi bo‘yicha
mutloq va nisbiy o‘zgarishlar aniqlanadi.
Shu bilan birga, uning tarkibiy tuzilishi
ham tahlil qilib o‘rganiladi. Bunda har bir bo‘lim va moddalarning balans jamiga
nisbatan salmog‘i aniqlanadi. Shundan so‘ng, yil oxiridagi salmog‘ini yil boshidagi
salmog‘iga qiyoslanadi va tarkibiy tuzilishining o‘zgarishi o‘rganiladi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan qoidaga ko‘ra “Sharq” fermer xo‘jaligini
buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida aktiv
moddalarini tahlil qilib
o‘rganilganda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (6.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: