R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  «Sharq» fermer xo‘jaligida buxgalteriya balansi passiv moddalarining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.2-jadval 
«Sharq» fermer xo‘jaligida buxgalteriya balansi passiv moddalarining tahlili 
Mablag‘lar 
manbalarining 
tarkibi 
Yil boshiga 
Yil oxiriga 
O‘zgarishi (+, -) 
summa, 
ming 
so‘m 
sal- 
mog‘i, 

summa, 
ming 
so‘m 
sal- 
mog‘i, 

summa 
ming 
so‘m 
sal-
mog‘i, 

Yil boshiga 
nisbatan 
o‘sishi, % 





6=4-2 
7=5-3 
8=6/2*100 
1. O‘z mablag‘lari 
manbalari
57466 
46 
98790 
61 
+41324 
+15 
+72 
2. Majburiyatlar
67452 
54 
62588 
39 
-4864 
-15 
-7,2 
shu jumladan: 
2.1 Uzoq muddatli 
majburiyatlar
40182 
32,2 
40182 
25 

-7,2 

2.2 Joriy 
majburiyatlar
27270 
21,8 
22406 
14 
-4864 
-7,8 
-7,2 
Balans passivining
jami 
124918 
100 
161378 
100 
+36460 

+29,2 
 
6.2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida joriy 
yilning boshiga nisbatan yil oxirida jami passivlari summasi 36460 ming so‘mga 
yoki 29,2 % ga ortgan. Fermer xo‘jaligida mol-mulkni tashkil etuvchi 


131 
manbalarning bunday tartibda ko‘payishini ijobiy holat sifatida baholash mumkin. 
Albatta, mablag‘lar manbalari qaysi manbalar hisobidan ko‘payganligiga alohida 
ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ya’ni manbalarning ko‘payishi, o‘z 
mablag‘lari manbalari hisobigami yoki qarz manbalari hisobiga ekanligini aniqlash 
lozim.
O‘z mablag‘lari manbalari joriy yil oxiriga yil boshiga nisbatan 41324 ming 
so‘mga yoki 15 % ga ortgan. Bunday natijani xo‘jalik uchun ijobiy baholamoq 
lozim. Chunki, o‘z mablag‘lar manbalarining ko‘payishi xo‘jalikning moliyaviy 
mustaqilligining ortishiga, to‘lov qobiliyati yaxshilanishiga va xo‘jalikning 
rivojlanishiga olib keladi. O‘z navbatida majburiyatlar joriy yil oxiriga yil boshiga 
nisbatan 4864 ming so‘mga yoki 7,2 % ga pasaygan. Bu esa majburiyatlarning 
jami passivlarda tutgan salmog‘ini 15 % ga kamaytirgan. Bundan ko‘rinadiki, 
fermer xo‘jaligining to‘lov likvidligi bir oz ko‘tarilgan. Fermer xo‘jaligi 
buxgalteriya balansining passividagi moddalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 
asosiy salmoqni 61 % ni o‘z mablag‘lari manbalari tashkil etmoqda. Bu fermer 
xo‘jaligining moliyaviy barqaror ekanligidan dalolat beradi. 
Shunday qilib, korxonaning moliyaviy holati tahlilida buxgalteriya balansini 
aktiv va passiv moddalarini tarkibi va tuzilishini tahlil qilib o‘rganish, uning 
moliyaviy holatiga baho berish bilan bir vaqtda mavjud aktivlardan unumli 
foydalanish, o‘z mablag‘lari manbalarini ko‘paytirish va majburiyatlarni 
kamaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin