R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Mulkning saqlanishini ta’minlash funksiyasi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

3. Mulkning saqlanishini ta’minlash funksiyasi.
Bu funksiya 
buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish va uning nazorat 
funksiyasini kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq. Shuni alohida 
ta’kidlash zarurki, ushbu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi 
shart-sharoitlar zarur: jihozlangan omborxona binolari, nazorat va 
o‘lchash asboblari, o‘lchagich idishlar va boshqalar. 
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi va bozor munosabat-
larining erkinlashtirilishi, mulkdorlar sonining ko‘payishi, tashqi iqtiso-
diy faoliyatning rivojlanishi sharoitida buxgalteriya hisobining ushbu 
funksiyasi yanada rivojlanmoqda. Buxgalteriya hisobining xalqaro va 
milliy standartlari negizida, ilmiy asoslangan holda tashkil etilgan hisob 
tizimi nafaqat kamomad va o‘g‘riliklarni aniqlash, uyushgan jinoyatlarni 
ochib tashlash, balki ularning oldini olishga ham imkon yaratadi.
4. Uzviy aloqa funksiyasi.
Buxgalteriya hisobining uzviy aloqa 
funksiyasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, busiz boshqaruv tizimining 
faoliyati ma’nosini yo‘qotadi. Keng ko‘lamda kompyuterlashtirilgan 
sharoitda faoliyat ko‘rsatadigan tizimli buxgalteriya hisobi boshqaruv 
xodimlarini korxona va undagi bo‘linmalarning ma’lum davr ichidagi 
faoliyati to‘g‘risida, xo‘jalik mablag‘lari, ularning vujudga kelish 
manbalari va korxonaning majburiyatlari haqida, mol yetkazib 
beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, banklar, soliq inspeksiyasi, 
investorlar va boshqa xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlar 
to‘g‘risida, moliyaviy natijalarni shakllantirish, foydaning ishlatilishi va 
jamg‘arilishi to‘g‘risida, mulkdorlar (aksiyadorlar, paychilar, ta’sischilar 
va h.k.) bilan munosabatlar to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotlar bilan 
ta’minlaydi. 
Ko‘rsatkichlarning haqiqiy miqdorini aks ettiradigan buxgalteriya 
axborotlari yordamida uzviy aloqadan foydalangan holda biznes reja 
ko‘rsatkichlari, standartlar, norma va normativlar, smetalar bajarilishi, 
barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat 
o‘rnatiladi, har xil kamchiliklar bartaraf etiladi. Ishlab chiqarish 


38 
imkoniyatlari va ularning safarbar etilish hamda ishlatilish darajasi 
aniqlanadi (2.4-rasm). 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin