R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

Boshqaruv obyektlari: 
aktivlar, passivlar va moliya-xo‘jalik 
faoliyati 


39 
6. Tarbiyaviy funksiyasi
. Buxgalteriya hisobi chuqur nazariya, 
me’yoriy-huquqiy baza, puxta uslubiy ta’minot bilan birga axloqiy 
jihatlariga (buxgalterlik etikasi) ham asoslanadi. Shu bois, xalqaro 
amaliyotda «professional buxgalterlarning axloq kodeksi» amal qiladi. 
Buxgalterlar o‘z faoliyatida ushbu kodeks normalariga rioya qilishlari 
lozim. 
2.3. Buxgalteriya hisobini yuritishga qo‘yiladigan
asosiy talablar 
 
Hisob yuritish oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish 
uchun u ma’lum talablarga javob berishi kerak. Bular: 
xo‘jalik 
muomalalarini hujjatlar bilan rasmiylashtirish, hisob ko‘rsatkich-
larining reja ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanuvchanligi, to‘liqlik, o‘z 
vaqtidalik, aniqlik, muhimlik, bir-biriga zid bo‘lmaslik, tushunarlilik va 
soddalik, tejamlilik va oqilonalik.
Xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar bilan rasmiylashitirish
talabi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
«Buxgalteriya 
hisobi 
to‘g‘risida»gi 
qonunining 14-moddasi 1-bandi bilan mustahkamlangan bo‘lib, unga 
muvofiq har bir xo‘jalik muomalasi dastlabki hujjat bilan rasmiy-
lashitirilishi lozim. Dastlabki hujjatning yo‘qligi xo‘jalik muomalasi 
sodir bo‘lmaganligini bildiradi. Agar biron-bir xo‘jalik muomalasi 
hisobda aks ettirilmaganligi aniqlansa, bu hisob ma’lumotlarini ataylab 
yoki bilmasdan buzib ko‘rsatish, yoki hisobning alohida hodisalarga 
(masalan, tovar-moddiy boyliklarning tabiiy kamayishi oqibatida 
yo‘qolishi) ta’sir ko‘rsata olmasligi deb qaraladi.
Xo‘jalik muomalasi faktining o‘zi hisobda korxona boshqaruvidagi 
xo‘jalik jarayonining ma’lum vaqt oralig‘ida sodir bo‘lib, uning 
natijasida mablag‘lar va manbalar tarkibi, ularning o‘zgarishi 
tasdiqlanadi. Vaqt omili muayyan xo‘jalik muomalasining mohiyatini 
qat’iy belgilangan paytda axborotning kirishi va chiqishi bir vaqtda 
ochib berishga imkon beradi. Shu bilan bir vaqtda ikki yoqlama 
yozuvning mohiyatidan kelib chiqadigan, boshqa bir masala ham hal 
bo‘ladi. Bu shunday xo‘jalik muomalasini ro‘yxatga olish sanasida 
buxgalteriya hisobining muhim funksiyasi – nazoratni ta’minlaydi.
Hisobning oldiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bu 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin