R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Bosh buxgalter ishini qabul qilish – topshirish tartibi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

 
16.6. Bosh buxgalter ishini qabul qilish – topshirish tartibi 
 
Qoidaga ko‘ra bosh buxgalter lavozimdan bo‘shatilgan vaqtida ishlar 
yangi tayinlangan bosh buxgalterga topshirilishi lozim. Yangidan 


427 
tayinlanadigan buxgalter bo‘lmagan hollarda korxona rahbarining buyrug‘i 
bilan tayinlangan xodimga topshiriladi. Bunda buxgalteriya hisobining 
ahvoli va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi tekshirilib dalolatnoma 
tuzilishi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanishi maqsadga muvofiq. 
Bosh buxgalter ishini
 
qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ikki 
nusxada tuzilib, undan birinchisi korxonada qoldirilishi va ikkinchi nusxasi 
ishni topshiruvchiga berilishi lozim. 
Hujjatlar aylanish grafigi qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya 
hisobini tashkil etishda muhim jarayon hisoblanadi. Shuning uchun bu 
jarayon xo‘jalikda hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruqqa ilova sifatida 
berilishi kerak va uning bajarilishini qat’iy nazorat qilish shart. 
Shuni qayd etish zarurki, turli hujjatlar bo‘yicha hujjatlar aylanish 
rejasida ularni taqdim etish va ishlov berishning turlicha tartibi ko‘zda 
tutiladi. Ayrim hujjatlar buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlar uchun 
ularni oldindan guruhlarga ajratmasdan bevosita asos bo‘ladi: asosiy 
vositalarni kirim qilish va hisobdan chiqarish dalolatnomalari, turli 
buxgalteriya ma’lumotnomalari va shunga o‘xshashlar. Bunday holda 
hujjatlar aylanishi grafigida tegishli hujjatni markaziy buxgalteriyaga 
ulardagi ma’lumotlar asosida hisob registrlariga yozuvlarni yozish uchun 
bevosita taqdim etish ko‘zda tutiladi. Boshqa hujjatlar (ular ko‘p qismni 
tashkil etadi) oldindan guruhlanadi va tegishli yig‘ma hujjatlarda 
umumlashtiriladi. Masalan, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar va 
mehnatni hisobga olish bo‘yicha hujjatlardagi ma’lumotlar tegishli 
jamg‘arma vedomostlarida yoki jurnallarda qayd etiladi, moddiy boyliklar 
harakati ko‘rsatkichlari-moddiy boyliklar harakatlari haqidagi hisobotlarda, 
kassa hujjatlari ma’lumotlari -kassirning hisobotlarida qayd etiladi va h.k. 
Hisob registrlaridagi barcha keyingi yozuvlar tuzilgan yig‘ma hujjatlar 
asosida olib boriladi. Tabiiyki, ushbu guruhdagi hujjatlar bo‘yicha hujjatlar 
aylanishi rejasida dastlabki hujjatlarning ularni tuzishdan tortib, tegishli 
yig‘ma hujjatni rasmiylashtirishga qadar bo‘lgan harakati qayd etiladi, 
Bunda ko‘pchilik hollarda bu ishlar xo‘jalikning markaziy buxgalteriyasida 
emas, balki bo‘linma buxgalteriyasida qayd etiladi. 
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hamda hisob siyosatini ishlab 
chiqishda xo‘jaliklarda hujjatlar aylanish grafigiga kam e’tibor qaratiladi va 
undan keyin amalga oshiriladigan hisob ishlari yoritilishi bo‘yicha ishonchli 
manbalar juda kam uchraydi. Fikrimizcha, xo‘jalikda hujjatlar aylanish 
grafigi bilan birga hisob ishlarining bajarilish grafigi ishlab chiqilishi hisobni 
tashkil etishda bir qator murakkabliklarni bartaraf qiladi. 


428 
Hisob

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin